«O`lkamda bahor» nomli tadbir ssenariysi

O’lkamda bahor
deb nomlangan
“O`lkamda bahor” tadbir ssenariysi
         Sahna milliy adras matolari, har xil rangdagi gullar va sharlar bilan bezatilgan. Shoiramiz Zulfiyaxonim, rus kimyogari D.I.Mendeleyevlarning suratlari va kimyoviy elementlar davriy sistemasi sahnaga ilib qo’yilgan ”O’lkamda bahor” so’zlari sahna markaziga o’rnatilgan. Tadbir boshlanishi: milliy karnay-surnay sadolari yangraydi. Sahnaga  jarchilar, milliy o`yinlar, Bahoroy, Navro’zoy, Dehqonbobo tashrif buyuradi.
1-boshlovchi:
Inson ko`zlaridan jon olar bahor
Barcha tomirlarida uning to`lqini
O`tmishning behuda oni kabi qor
Beiz  bedart  erib ketar uchquni.
2-boslovchi:
Salqin saharlarda bodom gulida
Binafsha labida, yerlarda bahor
Qushlarning parvozi, yerlarning nozi
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.
1-boshlovchi:  Assalomu-alaykum. Davramizga bahor gullaridek o`zgacha fayz qo`shib turgan ustozlar.
2-boshlovchi: Assalomu-alaykum. Bahorning ilk g`unchalari kabi ochilishga tayyor b`o`lib turgan o`quvchilar.
1-boshlovchi: Yurtimizga kirib kelgan fasllar kelinchagi bahor fasli munosabati bilan o’tkaziilayotgan “O’lkamizda bahor” deb nomlangan bayram tadbirimizga xush  kelibsiz.
2-boshlovchi: Hammaga ma’lumki betakror bahor faslining birinchi oyi tabiiy fanlar oyligi hisoblanadi.
1-boshlovchi: Mushtariy men sizga bitta she’r aytaman, siz esa bu she’r muallifini topasiz.
Bog’lar qiyg’os gulda-yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog’ mehnat-u hosilga vatan,
O’zga ko’rk, o’zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro’y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o’zgacha ko’rk,
Biri biri uchun qudrat, himoya.
2-boshlovchi: Topdim bu she’r istedodli shoiramiz Zulfiyaxonim qalamiga mansub bo’lib “Bog’lar qiyg’os gulda” she’ridir.
1-boshlovchi:  To’g’ri aytdingiz. Men bejiz shoiramiz Zulfiyaxonimni yodga olmadim, chunki 1-mart Zulfiyaxonimning tavallud topgan kunidir. Respublikamizda bu yil Zulfiyaxonimni tavaludining 102 yilligi nishonlanmoqda.
2-boshlovchi:Chindan ham bahor fasllarning kelinchagi, inson umridagi eng gullagan davri bo`lgan yoshlikni ham umr bahori deb atashadi. Shunday ekan deyarli har bir shoir bahordan ilhom oladi va uni tarannum etuvchi she’rlar yozadi.
1-boshlovch: Bo’lmasa, qalblarni quvontiruvchi, bahorni  taranum  etadigan she’rlarga  beramiz. Marhamat ! (5-“G” sinf  o’quvchilari)
1-o’quvchi:
O’tib ketdi qishning  sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy’ yulduzsiz’
Tim qorong’i kunlari.
2-o’quvchi:
Endi quyosh ko’proq boqar
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.
3-o’quvchi:
Quyoshga taft berib, zaminga mehr,
Soylarni to’ldirib tog’larda bahor.
Gullarga jon berar soniya sehr,
Tabiat jonlanar, bog’larda bahor.
4-o’quvchi:
Qish qorini supurdi,
Quyosh nurin ufurdi.
Yalpiz hidi gupurdi,
Bahor fasli kelgach.
5-o’quvchi:
Chaqmoq ko’kda yong’oq chaqdi,
Qizg’oldoqlar selda oqdi.
Mayin shomol bizga yoqdi,
Bahor fasli kelgach.
2-boshlovchi: Bahor faslida milliy bayramlarimiz bo’ladi. Bunday kunlarda milliy raqslar, qo’shiq va she’rlar aytiladi.
1-boshlovchi: Ha, to’g’ri. Sahnaga shunday milliy raqslardan birini 5-sinflar ijro etadi.
“Do’ppi tikdim” raqsi
 
2-boshlovchi: Bahor yosharish-yangilanish faslidir. Bu faslda  milliy bayramimiz  bo’lgan “Navro’z” bayrami nishonlanadi. Bayramni yosh-u, qari birdek kutadi.
1-boshlovchi: Navro’zda milliy taomlarimizdan sumalak, halim, ko’k somsa va ko’katli taomlar pishiriladi. Barcha bu milliy bayramni bivijonlari, onajonlari va oila a’zolari bilan o’yin-kulgu qilib nishonlaydilar. (Buvi qiyofasidagi ishtirokchi ko’rpacha ustida o’tiribdi.Uning huzuriga nabiralari tashrif buyuradi.).
Nabiralar: Assalomu-alaykum buvijon.Yaxshi o’tiribsizmi?
1-nabira:
Yomgir savalar mayin,
Maysa yashnar kun sayin.
Men ham endi o’ynayman,
Buvijonim, bu Navro’z!
2- nabira:
Marjon taqdi majnuntol,
Arilar keltirar bol.
Lola peshvoz qaddi dol’
Buvijonim, bu Navro’z!
3- nabira:
Olam gul ichra yashar,
Ming bir tovusga o’xshar.
Yashil poyondoz to’shar,
Buvijonim, bu Navro’z!
4- nabira:
Yuring, chiqay yetaklab,
G’ullar tutay etaklab.
Chechaklarga bosing lab
Buvijonim, bu Navro’z!
2-boshlovchi: Bizning buyuk ajdodlarimiz turli sohalarda juda ko’p ilmiy ishlar qilganlar. Ularning qilgan  ishlaridan biz fahrlanamiz va ular kabi bo’lishga intilamiz.
1-boshlovchi: Shunday ajdodlarimizdan biri Ibn Sinodir. Uning mashhur “TIB QONUNLARI” asari hozirgacha saqlanib kelgan.
2-boshlovchi:  Hozirgi navbatni buyuk ajdodimiz haqidagi sahna ko’rinishiiga beramiz.
(5-G sinf , 7-B sinf)
Kunlarning birida o’z boyligiga ishonib yurgan Mirg’iyosboy Ibn Sinoni uchratib qoldi va unga shunday dedi:
Mirg’iyosboy:-Men senga bir savol beraman, keyin yo’lingda davom etib ketaverasan.
Ibn Sino:-Mayli, qani ayt savolingni.
Mirg’iyosboy:-Dunyoda inson uchun eng aziz narsa nima?
Ibn Sino:-Aqli borga ilm, aqli bo’lmaganga boylik bilan may.
Mirg’iyosboy qah-qah otib kulib:- Men ilmni  ham pulga sotib olaman.
Ular o’z yo’llarida davom etdilar. Oradan ikki-uch oy o’tib Mirg’iyosboy qattiq betob bo’lib qoladi. Hech bir tabib dardiga davo topa olmadilar. Shundan keyin boy Ibn Sinoni topib kelishga buyruq berdi. Ibn Sino boyning huzuriga keldi va uni davoladi.
Mirg’iyosboy:-Ey ulug’ tabib sening oyog’ing ostiga bor boyligimni sochaman.
Ibn Sino:- Dorilar uchun bir-ikki tanga olaman, qolgan pullaring menga kerak emas.-deb aytdi. O’sha zamonlarda ko’plab dardga chalingan bemorlar Ibn Sinodan shifo topdilar. Ibn Sino umrining oxirigacha barchaga yaxshilik ulashdi va beva-bechoralarga yordam berdi. Ibn Sinoning vafot etganini eshitgan Mirg’iyosboy bu buyuk tabib uchun sag’ana qurdiradi. Mana ko’rdingizmi, yaxshilik qilgan inson albatta yaxshilik topadi.
1-boshlovchi: Inson orgamizmiga turli vitaminlar  va boshqa oziq moddalar juda ham zarur. Biz bunday vitaminlarni mevalardan topamiz. Mushtariy siz ham mevalarni sevib istemol qilasizmi?
2-boshlovchi: Ha, bo’lmasa-chi, mevalar inson salomatligi uchun zarur. Agar mevalar tilga kirsa nimalarni aytishar ekan. Keling buni tomosha qilamiz.(5-G sinf)
1-boshlovchi: Insonni bahru dilini ochuvchi qo’shiq va  raqsdir.
2-boshlovchi:
Fasli navbahor bo’ldi, ketibon zimistonlar,
Do’stlar g’animatdir, sayr eting gulistonlar.
 6-sinfning go’zal qizlari raqs ijro etishadi. Marhamat.
1-boshlovchi: Sehr va sinoatga boy bu — kimyo fanidir. Bu fan o’zining qiziqarli tajribalari va mo’jizalari bilan o’quvchilarni hayratda qoldiradi va qiziqishlarini orttiradi.
2-boshlovchi: Bugun qo’shaloq bayram. Ya’ni Dimitriy Ivanovich Mendeleyevning davriy sistemasining tug’ilgan kuni. Bu davriy sistemani qanday yaratilganligi hammaga ham ma’lum emas.
1-boshlovchi: Marhamat “Atomjonning sarguzashtlari” ni tomosha qilamiz.
Sahnaga boshlovchi chiqib, so’z boshlaydi:
Qadim o’tgan zamonda, Yunoniston tomonda molekulalar xonadonida quvonchli voqea bo’ldi. (Sahnaga chaqaloq ko’tarib ona kiyimidagi ishtirokchi chiqadi.) Oilada farzand tug’ildi. Oila  a’zolarining  quvonchi cheksiz. Quvonmay bo’ladimi axir, oilada farzand tug’ilsa? Rasm-rusumlarga ko’ra unga  ism qo’yish, o’qimishli, nomdor, dono kishilarga tushadi. (Sahnaga rus olimi Demokrit qiyofasidagi ishtirokchi chiqadi).Shunday faxrli ish taniqli olim Demokritga nasib etdi. Olim chaqaloqni qo’liga oldi-yo, hayratdan qotib qoldi. U o’ta mitti, ko’rimsiz bo’lishiga qaramasdan, ancha harakatchan, sho’x ko’rinar, nuqul og’zini ochib, gapirishga harakat qilardi. Murg’akni qo’lidan ko’p ishlar kelishini sezgan olim unga  «boshing  toshdan  bo’lsin bolam», -deb  «Atom»,  ya’ni «bo’linmas» — deb ism qo’yadi.
Atomjonning tez orada tili chiqib, Demokrit bilan tez-tez suhbatlashib turdi. (Sahnaga bo’yi kichkina o’quvchi Atomjon qiyofasida sakrab-sakrab chiqadi).Oradan 100 yil o’tdi, bu orada Demokrit olamdan o’tdi. Atomjon anchagina ulg’aydi. Kunlarning birida Demokritning vatandoshi Epikur Atomjon bilan uchrashib qoladi va ulardan xabar olib turadi. Atomjon onasi «Molekula xola» bilan anchagina og’ir kun kechiradilar va atomjon onasi molekula bilan o’z Vatanini, tug’ilib  o’sgan  joyini tashlab, savdogarlarga yalinib, Rossiyaga kelib qoladilar. Ona-bolani Rossiyaga  kelib qolganini  eshitgan M. Lomonosov ularni uyiga  olib borib, o’zini tanishtiradi:
Lomonosov: -Sizlarni ancha vaqtdan beri qidiraman. Mana nihoyat sizlarni ko’rishga, suhbatlashishga muyassar bo’ldim. Demokrit, Epikur, amakilaringni yaxshi bilasan. Ular senday atomlarni tarbiyalab, dunyoga tanitgan olimlar. Bu yerda ham senga o’xshagan atomjonlar ko’p, ular bilan seni tanishtiraman. Men sening qarindoshlaring to’g’risida kitob yozganman, ularning ismlari — elementlardir (Atomjon hayron bo’ladi). Sen hayron bo’lma! Element — sening noming. Sen bilan onangning tabiati bir xil, boshqa atomlarning tabiati boshqacha bo’ladi,-deb tushuntiradi.
Lomonosov Atomjonga yangi nomini, unga o’xshash atomlarning ko’p ekanligini, ularning ham o’z oilasi borligini, ularning  barchasini  to’plash kerakligini, bu elementlar odamlarga katta foyda keltirishini tushuntiradi. Shu tariqa Atomjon va molekula xola Lomonosov xonadonida hayot  kechira boshlaydilar. Kunlarning birida ularga xat keladi.
Molekula xonim: -O’g’lim, senga xat keldi.
Atomjon: -Kimdan ekan, o’qidingizmi?
Molekula xonim: -Yo’q.
Atomjon xatni qo’liga olib, notanish odam ismini o’qib hayron bo’ladi.
 Atomjon: -Dmitriy Ivanovich Mendeleyev… — Onajon, bizni D. I. Mendeleyev degan odam mehmonga chaqiryapti.
«Molekula xola»  va  jajji «Atomjon» yo’lga tushib, mehmonga borishadi. Manzilgoh ko’rsatilgan joyda karnay-surnay ovozi yangrar va katta tantana ekanligi sezilib turardi. Kelgan mehmonlarni oppoq soqolli mo’ysafid kutib olayotgan edi.
 
Mendeleyev -Kelinglar! Atomjon-u, Molekula xonim! Yuqoriga o’tinglar, marhamat azizlarim,- deb iliq kutib oladi.
Ular kirib kelganida katta xona to’lgan, o’tirganlar deyarli bir-biriga o’xshash, lekin bir-birini tanimas edilar. Bir yigit turib, o’tirganlarga qarab so’z boshlaydi.
-Hurmatli, aziz mehmonlar! Sizlarni bu yerga chaqirganimizning sababini ustozimiz D. I. Mendeleyev  so’zlab beradilar. Men ularni sizlarga tanishtirsam. Ular buyuk kimyogar, birinchi darajali fizik, gidrodinamik, mеtrologiya, gеologiya, kimyo tеxnologiyasining turli sohalarida unumli izlanish olib borgan olim, kimyo sanoatini mukammal biladigan ajoyib mutafakkir bo`lgan, Rossiya kimyogarlar jamiyatini tuzgan tashabbuskorlardan biridir.
Mendeleyev: — Aziz Molekula xonim va Atomjonlar sizlarni shu yerda ko’rib turganimdan juda xursandman, sizlarni shu yerga chaqirishimdan maqsadim, bir-biringiz bilan tanishtirish, har biringiz bilan alohida suhbat qilishdir. Eng muhimi, sizlarni bir joyga yig’ish edi. Buning uchun men sizlarga atab yetti qavatli imorat soldirdim, har biringiz uchun alohida xona ajratdim. Hozircha hamma atomlar kelganicha yo’q, kelganlar soni 62 ta. Kelmaganlarining manzilgohi noma’lum bo’lgani sababli taklif kog’ozi yobora olmadim, lekin ularga alohida xona qoldirib ketamiz. Bu atomlar topilgach, ularni o’z xonalariga joylashtiramiz, asta-sekin imoratning xonalari to’la boradi. Hamma atomlarni bir joyga to’plab, «Atomlar shaharchasi»ni tashkil qilamiz. (Elementlar yozilmagan holdagi davriy sistemani ko’rsatadi, Davriy sistema yuqoridagi «Atomlar shaharchasi» deb yozilgan bo’ladi). Xonalarning bezagi, katta-kichikligi bir xil, shuning uchun berilgan xonadan boshqa xonalarga o’tishlar bo’lmasligi kerak.
Atomjon:-Mendeleyev bobo bu binoni qurish qayerdan hayolingizga keldi.
         Mendeleyev:— «O-o! Xudoyim!»(Shundan so’ng Mеndеlееv boshini chayqatib, chuqur-chuqur nafas olib, kеyin kuladi va, nihoyat, qat’iylik bilan:)
-«Mеn buning ustida balki yigirma yil o’ylagandirman, siz o’ylaysizki: o’tirgan va to’satdan, tayyor qilgan! Yo’q bunday emas!»
(Dmitriy Ivanovich Atomjonga javob bеra turib, davriy qonunning ochilishi yigirma yil davomida elеmеntlarning orasida o’zaro bog’liqlikni, ularning o’zaro ta’sirini har tomonlama qunt bilan o’rganishga asoslanganligini ko’rsatib o’tadi.)
Mendeleyev:— Atomjonlar kelinglar endi sizlarni o’z xonadonlaringizga joylashtiraman. Uyimizning birinchisiga eng engil va keksa Vodorod atomini joylashtirdim. Keyingi xonalarga atom og’irligini ortishi tartibida joylashtirdim. Har biringiz uchun pasport tayyorlab qo’ydim. (Stol ustidagi pasportlarni ko’rsatadi). Pasportga har biringizning kelib chiqishingiz, og’irligingiz, xonangizning nomeri aniq qilib yozilgan. (Masalan: Shaharning birinchi xonasiga joylashgan Vodorod atomining pasportini ko’rsatib o’qib beradi.)
Mendeleyev:— Xonasining  nomeri — 1. Ismi –Vodorod.  Belgisi-H.  Massasi-1, 008.
Shu tariqa atomlar o’zlarini ketma-ketlikda tanishtiradilar.
Vodorod
Topolmaysiz erkin holimda
Meni yerdan hech qachon,
Koinotda bisyorman,
Quyosh shundan charog’on.
Kremniy
Yorug’likni issiqlikka
Aylantirib beraman,
Kurramizda tarqalishda
Avvalida turaman.
                      Natriy
Suvdan qo’rqaman juda,
Berkinaman kerosinga.
Havo bilan to’qnashsam,
Aylanaman oksidga.
Fosfor
Meni uzoq Germaniyadan
Topgan edi savdogar Brand,
Brand  oldin kambag’al edi
Meni topib bo’ldi badavlat.
                    Ftor
Eng faolman erkin holda,
Birikmam inert modda.
Yetishmasam tishga zarar,
Ortib ketsam, tosh yig’ilar.
                   Wolfram
     Suyultirish zarur bo’lsa,
Qizdirasiz bag’oyat.
Qaro tunni yoritishda,
Tolacham ham kifoya.
                     Simob
Haroratni o’lchayman,
Hech bir joyda turmayman.
Talabgorlar serobdir,
Mening ismim simobdir.
Mis.
Bundan rosa 5000 yil avval,
Topishgandir meni Misrdan.
Men o’xshayman go’zal oltinga,
Shuning uchun juda xursandman.
Vodorodga va mehmon bo’lib kelgan atomlarni nomlariga qarab pasport va xonasi kalitini berib, joylashtiradi. (Atomlar bir-birini tabriklab, qarsaklar chalib turadi. )
Mendeleyev: -Atomjonlar! Sizlar endi xonalaringizga joylashib, damlaringizni olinglar. Men sizlarni navbat bilan chaqirib, suhbatlashaman.
Atomjon xafa bo’lib, Mendeleyevdan so’raydi.
Atomjon: -Men onam bilan shuncha yil birga yashab, o’rganib qolganman, endi onam qayerda yashaydi?
Mendeleyev:  — Molekula xonimni alohida mehmonxonaga  joylashtiramiz. Sen ularni vaqti-vaqti bilan borib ko’rib turishing mumkin,- deb tushuntiradi.
Ona-bola samimiy xayrlashib, tarqalishadi. Atomlar (elementlar) o’z pasportlari, xona kalitlarini olib joylashib olishadilar. Shunday qilib D.I.Mendeleyev   «Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi» — «Atomlar shaharchasi»ni tashkil etdilar.
Boshlovchi yakunlovchi so’z aytadi: Shunday qilib, 1869 yili ulug’ ustoz, kimyo fanining asoschisi D.I.Mendeleyev 62 element ishtirokida, mana shu qarshingizdagi  «kimyoviy  elementlar  davriy sistemasi»ni yaratdilar. Hozirgi kunda fan va texnikaning keskin taraqqiyoti natijasida kimyoviy elementlar, ularning oksidlari, asoslari, kislota va tuzlari barcha sohalarda ishlatilib kelmoqda.
1-boshlovchi: Bahor kelganini qizlarga qarab bilish mumkin.
2-boshlovchi: Nimaga unday deysiz?
1-boshlovchi: Chunki qizlar sochlarini mayda o’rib, do’ppilar kiyib olishadi.
2-boshlovchi: Ha mana qarang qizlarga, ular hatto yigitlarni do’ppisini ham kiyib olishibdi.
1-boshlovchi: Do’ppi haqida gapirganimizga yodimga tushdi. Mirabror do’ppisini yoqotib qo’yibdi.
2-boshlovchi: Yuring Mirabrordan so’raylikchi, do’ppisini kim olibdi? (9 “V” sinf o’quvchisi Alimuhammadiyon Mirabror ishtirokida milliy lapar ijro etiladi.)
“Do’ppi yo’qoldi” lapari.
Bozorga bordim do’ppi oldim,
Yo’qolib qoldi hayron qoldim.
Bir gumonim hammadan, kim oldi-ey do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-eey.
Kimyoga bordim bitta modda
Yonimga keldi Sardor sodda,
Bir gumonim Sardor sodda, sen oldingmi do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-ey. (Ust- boshi tartibsiz bo’lgan o’quvchi chiqadi)
Kimyoga bordim bitta kolba
Yonimga keldi Shavkat domla,
Bir gumonim Shavkat domla, siz oldizmi do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-ey.(Kitoblar ko’targan, ko’zoynak taqqan domla chiqadi)
Bozorga bordim temir paqir
Yonimga keldi ko’zi so’qir,
Bir gumonim ko’zi so’qir,  sen oldingmi do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-ey.( Bir ko’zini bog’lab olgan o’quvchi chiqadi)
Do’konga bordim  aroq  shisha
Uy quradi usta Tesha,
Bir gumonim usta Tesha, siz oldizmi do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-ey.(Aroq va tesha ko’targan,qulog’iga qalam usta chiqadi)
Qurilishda ko’p ohaktosh
Yonimga keldi qalamqosh,
Bir gumonim qalamqosh,  sen oldingmi do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-ey.(Ko’zgu olib go’zal qiz chiqadi)
Kimyoda ko’pdir kislota ishqor
Tajriba qildi aka Qo’chqor
Bir gumonim aka Qo’chqor, siz oldizmi do’ppini voy-voy,
Olsalar bersin do’ppini-ey.(Oq xalatda, kolbalar  ishtirokchi o’quvchi chiqadi)
Bozorga bordim ko’plab mish-mish
Do’ppini qizlar olganmish,
Gumonim shu qizlarjon, ular olgan do’ppini voy-voy,
Tezda bering do’ppini-ey.
( Do’ppi kiygan qizlar chiqadi. Ulardan biri Mirabrorga do’ppi kiydirib qo’yadi)
Do’ppini  kiydim yaxshi bo’ldi
Yigit kishini naqshi  bo’ldi,
Menga yarashdi do’ppi voy-voy
Siz ham kiying  do’ppini-ey.
1-boshlovchi: Bizning  bayramimizda sehrgar ham tashrif  buyuribdi.
2-boshlovchi: Sehrgar sahnaga marhamat, barchani lol qoldirasiz degan umiddamiz. (Sehrgar kiyimida ishtirokchi chiqib kimyoviy tajribalardan namunalar ko’rsatib beradi.)
1-boshlovchi: Shuning bilan tabiiy fanlar oyligi ochilishiga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi: Bahoriy kayfiyat hech biringizni tark etmasin, sog’ bo’linglar.
E’tiboringiz uchun raxmat
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x