OLIY HARBIY BOJXONA INSTITUTI

OLIY HARBIY BOJXONA INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Oliy harbiy bojxona instituti — bojxona tizimiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent sh. da joylashgan. 2002-y. 22-mayda bojxona kolleji, Soliq va bojxona akademiyasining bojxona ishi f-ti negizida tashkil etilgan. Tarkibida bojxona ishi, qayta tayyorlash va malaka oshirish f-tlari xamda 12 kafedra (jangovar, harbiy xizmat, jismoniy tayyorgarlik va avtomobil ishi; bojxona nazoratini tashkil etish; tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish va h. k.) bor.

In-tda bojxona tizimidagi kadrlarning bazaviy kasbiy tayyorgarligi oshiriladi, tizim xodimlari qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; bojxona ishi sohasida i. t. ishlarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning shu kabi oʻquv boʻlinmalari bilan amaliy, uslubiy aloqalar oʻrnatish, ilmiy adabiyotlar tayyorlash va nashr etish ishlari bajariladi. In-tda 2003/2004 oʻquv yilida 125 nafar talaba oʻqidi, 112 nafar prof.-oʻqituvchilar ishladi. Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash mavjud. Aspirantura bor. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va metodik qoʻllanmalar nashr etiladi.

Muhammadjon Nigʻmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x