OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI (OAK), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi quzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi — Oʻzbekistonda ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarga fan, texnika, xalq taʼlimi va madaniyatning barcha yoʻnalishi boʻyicha ilmiy daraja va unvon beruvchi davlat organi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil qilish toʻgʻrisida»gi farmoni (1992-y. 31 mart) hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari» qaqidagi qarori (1992-y. 9 sent.) bilan tashkil etilgan.

OAK ning asosiy vazifasi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishga rahbarlik qilish hamda ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan talablarning yagonaligi va bajarilishini taʼminlash, ixtisoslashgan kengashlar ishi va dissertatsiya ishlari sifatini, ularning ilmiy hamda amaliy qiymatini nazorat qilib borishdan ibo-rat. OAK vazirlik va idoralarning, Oʻzbekiston Respublikasi FA ning takdimnomalariga binoan, yetakchi oliy oʻquv yurtlari va i. ch. muassasalarida fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengashlar tuzadi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot talablarini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalarining mavzularini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi hamda monitoringini olib boradi, tegishli ixtisoslashgan kengashning taqdimnomasi asosida fan dri, fan nomzodi ilmiy darajalarini, professor, dotsent ilmiy unvonlarini beradi, boshqa davlatlarning ilmiy darajalari haqidagi diplomlarni oʻrnatilgan tartibda respublika diplomlariga tenglashtirish (nostrifikatsiyalash)ni amalga oshiradi, fan dri, fan nomzodi diplomlari hamda prof., dotsent attestatlarini rasmiylashtiradi, yoklangan dissertatsiya ishlarini tahlil qila-di hamda natijalari dissertatsiya ishlarida bayon etilib, bajarilgan i. t. haqida, ularni amaliyotga joriy qilish imkoniyati toʻgʻrisidagi tegishli tavsiyalar bilan birgalikda vazirlik, idoralarga axborotlar yuborishni taʼminlaydi.

OAK ga oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish yuzasidan korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, bajarilishi shart boʻlgan buyruq va yoʻriqnomalar chiqarish, shuningdek, ularning ij-rosini nazorat qilish, ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha ixtisoslashgan kengash va ilmiy kengashlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, OAK ilmiy kengashi va Rayosati majlislarida ish tajribalarini oʻrganish va umumlashtirish maqsadida ixtisoslashgan kengashlar raislarining hisobotlarini eshitish, ixtisoslashgan kengashlarda ishlar sifatsiz olib borilgan yoki dissertatsiya yoklash yuzasidan belgilangan tartib qoʻpol ravishda buzilgan hollarda ularni tugatishgacha boʻlgan choralarni koʻrish, ixtisoslashgan kengashlar faoliyatini tekshirib turish, ayrim dissertatsiyalarni nazorat ekspertizasidan oʻtka-zish uchun zarur hollarda opponent va takrizchilar tayinlash, oliy oʻquv yurtlari, Oʻzbekiston FA, korxona, muassasa va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish, nomzodlik imtihonlarini tashkil etish va ularning saviyasi ustidan na-zoratni amalga oshirish, ilmiy daraja va unvonlar beruvchi kengashlar ishlab turgan tashkilot, muassasalardan belgilangan tartibda har yilgi h. isobotlarni hamda respublikada ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish tizimii takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va choratadbirlar koʻrish uchun vazirlik qamda idoralardan zarur axborotlar olib turish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini takomillashtirish, dissertatsiyalarning ilmiy saviyasi va amaliy qiymatini oshirish b-n bogʻliq muammolarni xal qilish uchun belgilangan tartibda ido-ralararo kengashlar chaqirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha xalq-aro tashkilot, kengash, konferensiyalar ishida qatnashish, boshqa mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan tajriba almashishni amalga oshirish, belgilangan tartibda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni ilmiy daraja va ilmiy unvonlardan mahrum qilish yoki tiklash huquqi berilgan. OAK MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib zamonaviy informatsion texnologiyalar asosida dissertatsiyalarning elektron ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, dissertatsiyalarni xolisona, mustakil, obyektiv ekspertizasini oʻtkazish maqsadida ularni taqrizchilarga kompyuter dasturi opqali taqsimlash hamda chet el mutaxassis olimlarini elektron pochta orkali ekspertiza ishlariga jalb qilishni tashkil etdi.

OAK raisi, uning oʻrinbosari, bosh ilmiy kotib va OAK ilmiy kengashi boshqa aʼzolaridan iborat Rayosat OAKning ijroiy rahbar organi xisobla-nadi. Rayosat aʼzolari soni va tarkibini OʻzR Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. OAK Ilmiy kengashi ilmiy ijtimoiy organ boʻlib, u oliy oʻquv yurtlari, i. t. muassasa va tashkilotlari, vazirlik, idora, Oʻzbekiston FAning takliflari asosida fanning aso-siy yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi olim va mutaxassislardan tuziladi. Ilmiy kengash aʼzolari soni va tarkibi ham OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdikdanadi va vaqti-vaqti b-n yan-gilanib turiladi.

OAK tarkibida Fizikamat., texnika fanlari va Yer haqidagi fanlar, Biol., q. x., kimyo va tibbiyot fanlari, Gumanitar va ijtimoiy fanlar boʻlinmalari, Meʼyoriy-axborot boʻlimi bor. Takdim etilgan dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqish uchun OAK huzurida fan tarmoqlari boʻyicha xalq xoʻjaligi va madaniyatning yetakchi mutaxassis olimlaridan iborat 14 ekspert kengash mavjud. Ularning tarkibi oliy oʻquv yurtlari, i. t. in-t va muassasalari, OʻzR FA, man-faatdor vazirlik va idoralarning tavsiyalari hisobga olingan holda belgilanadi va keyinchalik kengashning kamida 1/3 qismini yangilash sharti bilan OAK Rayosati tomonidan 3 y. muddatga tasdiqlanadi.

OAK ga OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi. U OAK Ilmiy kengashi, Rayosati va xdyʼati ishiga rah-barlik qiladi hamda OAK ga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. OAK «Oliy Attestatsiya Komissiyasi byulleteni» jur. ni nashr etadi.

Muhsin Muhiddinov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x