OLIMPIADA (yun. olympias) — 1) ikkita olimpiada oʻyinlari oʻrtasidagi 4 yil muddat (Yunonistonda va hozir); Yunonistonda yil hisoblash birligi (milodiy 394-y. gacha). Miloddan avvalgi 776-y. 1-O. yili hisoblanadi;
2) hoz. davrning eng yirik xalqaro sport musobaqalari (q. Olimpiada oʻyinlari); 3) oʻquvchilar, talabalarning biror fan sohasi boʻyicha bilimlarini sinash musobaqasi, koʻrik, tanlov (mas, maktab oʻquvchilarining matematika O. si).