OLIMJONOV Anvar (Alimjonov Anuar) (1930.2.5, Toldiqoʻrgʻon viloyati, Qorligʻash ovuli) — qozoq yozuvchisi. Qozogʻiston un-tini tugatgan (1954). 1955-y. dan «Literaturnaya gazeta», keyinroq «Pravda» gaz. larining Qozogʻistondagi muxbiri, «Qozoqfilm» kinostudiyasi bosh muharriri (1960 — 70), 1971-y. dan Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi. Dastlabki asari «Oq doʻst, qora doʻst, sariq doʻst» 1958-y. da chop etilgan. «Mangu tomirlar» (1960), «Karvon quyosh to-mon bormoqda» (1963), «Zangori togʻlar» (1964), «Oʻtror armugʻoni» (1966), «Qorashunqor koʻprigi» (1969), «Jamshid oynasi» (1970), «Qurmongʻozining bolalik chogʻi» (1972), «Rudakiy taxti», (1974), «Muallimning qaytishi» (1978) singari qator roman va qissalar muallifi. «Mahambet nayzasi» (1969) romanida qozoq xalqining oʻtmishi, orzu-umidlari tasvirlangan. «Doʻstlar uchrashganda» (1959), «Suvda, quruqlikda ellik ming mil» (1962) kabi kitoblarida Olimjonovning ocherklari va publitsistik maqolalari oʻrin olgan. Yozuvchining «Mahambet nayzasi» romani hamda publitsistik asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Abay nomidagi Qozogʻiston davlat mukofoti (1967) va Xalqaro Neru mukofoti laureata (1969).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые