OLIGOPOLIYA

OLIGOPOLIYA (oligo… va yun. poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma) larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi.

Oligopoliya uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor sav-dosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi.

Firmalarning uncha koʻp boʻlmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tugʻdiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ularga nar-xlarni belgilash, bozorni boʻlish yoki taqsimlash va boshqacha yoʻllar bilan oʻzaro raqobatni cheklashda qoʻl keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari (kartel bitimi va b.) bor. Monopoliya kabi Oligopoliya ham nomukammal raqobat koʻrinishi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x