OLDRIN

OLDRIN Edvin (1930.20.1) – AQSH astronavt-uchuvchisi, Harbiy-Havo Kuchlari polkovnigi. AQSH Harbiy akademiyasini tugatgan (1951). AQSH ning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966-y. noyabrda «Jemini-12» kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969-y. iyulda «Apollon-11» kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta Oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. «Apollon-1 1» kosmik kemasining oy boʻlmasida 20-iyulda Oyga qoʻngan va 21-iyulda O. Armstrongdan 20 min. keyin Oy sathiga qadam qoʻygan va 1,5 soat yurgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga Oldrin nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x