OLAHAMMA

OLAHAMMA — mahalliy kechpishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, uz. 35 — 40 sm, sirti tekis, yaltiroq. Dum tomonida sezilar-sezilmas toʻri bor. Tuyey sariq. Eti qalin (7—8 sm), oq, saklash davomida mayinlashib, mazasi yanada shirinlashadi. Tarkibida 10,5—12,5% qand, shuningdek, 5,8—8,3% saxaroza bor. Urugʻxonasi katta emas. Urugʻlari sariq. Ekilib, unib chiqqandan keyin 110—115 kunda hosili pishadi. Oʻrtacha ogʻirligi 8—17 kg. Hosildorligi 300 — 350 s/ga. Yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga olib borishga yarokli. Xorazm viloyati uchun r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x