OKSIGEMOGLOBIN (oksi… va gemoglobin) , NYO2 — molekulyar gemoglobinning kislorod bilan birikmasi; oʻpkadan toʻqimalarga kislorod yetkazib be-radi. Toʻqimalarda oson parchalanadi. Arterial qonning och kizil rangi Oksigemoglobinga bogʻliq. Bunda gemoglobin tarkibiga kiradigan temirning valentligi oʻzgarmaydi. Issiq qonli hayvonlar va odamda kislorodning koʻproq qismi toʻqimalarga Oksigemoglobin tarkibida boradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые