OKSIDOREDUKTAZALAR (yun. oksido — nordon va reducto — orqaga qayta-raman) — tirik hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini katalizlaydigan fermentlar. Hamma tirik hujayralarda uchraydi. Hujayrani energiya bilan taʼminlashda muhim rol uynaydi. Oksidoreduktazalarning eng muhimlari: degidrogenazalar (nafas olganda va fotosintez jarayonida vodorod va elek-tronlarni bir moddadan ikkinchi moddaga oʻtkazadi), oksidazalar (ularda O2 oksidlovchi), peroksidazalar (oksidlovchi — N2O2), gidrolazalar (moddaga O2 ning bir atomini beradi), oksige-nazalar (moddaga O2 ning ikkala atomini beradi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые