OKSIDLASH

OKSIDLASH (nem. Oxydierung) — metall buyumlar sirtini oksidlovchi eritmalar yordamida kimyoviy, elektrkimyoviy yoʻl bilan havoda qizdirib korroziyadan saklash yoki koʻrkamlashtirish usuli. K imyoviy Oksidlashning keng tarqalgani ishqorli va ishqorsiz Oksidlash dir. Ishqorli Oksidlashda buyum kaynab turgan natriy yoki kaliy ishqori eritmasi muqitidan oʻtkaziladi. Ishqorsiz Oksidlashda esa buyum fosfat kislota, kaliy yoki bariy nitrat va marganes fosfat aralashmasida 100° t-rada qizdirib oksidlanadi. Kimyoviy Oksidlashda buyum sirtida 3 |x cha oksid qatlam xreil boʻladi. Bu qatlam loklanganidan yoki moylanganidan soʻng metall korroziyaga bar-doshli boʻladi. Bu usullar poʻlat, choʻyan va rux buyumlarni Oksidlashda qoʻllanadi.

Elektr-kimyoviy Oksidlash (anodlash) tok taʼsirida utkaziladi. Bu usul kimyoviy Oksidlashga nisbatan yaxshiroq nati-ja beradi. Mas, 20—60 min. davomida 30° isitilgan 20% li sulfat kislota (tok kuchi 1,5—2,5 a va kuchlanishi 10 — 20 v) tok b-n O. natijasida buyum sir-tida 20 s qalinlikda oksid parda hosil boʻladi. Oksidlangan buyum sirti loklanadi. Anodlashda oksid qatlam qalinligini 600 s gacha yetkazish mumkin. Bu usul, asosan, alyuminiy, mis va b. metall qotishmalarini Oksidlashda qoʻllanadi. Havoda Oksidlash poʻlat buyumlarini kizdirib, sirtini moylashdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x