OKSIDLAR

OKSIDLAR, tabiiy oksidlar (yun. oxys — nordon) — elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birik-malari, minerallar sinfi. 300 tacha mineralni oʻz ichiga oladi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan Oksidlardan biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan Oksidlar hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. O. ning aksariyati — ion aloqali birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar bilan tavsiflanadi. Odatda, Oksidlar tarkibida gid-roksid va oksigidratlar (bir paytda O2~ va ON~) birlashmalari mavjud. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar tarkibiga kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal Oksidlar elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va b. kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x