OKKULTIZM (lot. occultus – yashirin, sirli) — insonda va kosmosda yashirin kuchlar mavjudligini eʼtirof etuvchi taʼlimotlarning umumiy nomi. Okkultizmga koʻra, bu kuchlarni maxsus psixik mashkutardan oʻtgan va oʻzini faqat shu yoʻlga bagʻishlaganlargina payqay oladi. Falsafiy jihatdan gilozoizm va panteizmha yaqin. Okkultizmning hodisalar oʻrtasidagi umumiy yashirin aloqalar toʻgʻrisidagi va mikrokosm hisoblangan odam haqidagi taʼlimoti 14—16-a. larda kuzatish va tajriba metodlari (Uygʻonish davri italyan natur-falsafasi va b.) ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Umuman, Okkultizm ilmiy tafakkurga zid taʼlimotdir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые