OHANG (fors. — tovush, nagʻma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kichik kuy boʻlagi, intonatsiya. O. bir necha tovushlarning mantiqan ulanib bori-shidan hosil boʻlib, vokal musiqada sheʼriy ruknga mos keladi. Ohanglar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini tashkil etadi. Ohang kuyning bosh (eng oʻziga xos) tuzilmasi va b. maʼnolarda ham, hindlarda esa «ohangit» musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalklarda «ohangsoz» — bastakor maʼnosida ham qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые