Og‘riq qoldiruvchi dorilardan necha kun davomida foydalanish mumkin?

Og‘riq qoldiruvchi dorilardan necha kun davomida foydalanish mumkin?

Bunday dori vositalarini uzog‘i bilan uch kungacha qabul qilish kerak. Bu vaqtincha yordam beradi. Bemor ayni kunlar orasida og‘riq manbasini aniqlash uchun shifokor qabuliga borishi shart.

O‘zboshimchalik bilan dori tanlash…

Har doim dori sotib olayotganda, uni shifokor yo‘llanmasi bilan yoki retseptsiz beriladigan dorilarni oliy ma’lumotli farmatsevt tavsiyasiga ko‘ra tanlash kerak. Aks holda, masalan, oshqozonida yarasi bor odam noto‘g‘ri dori ichishi oqibatida yara ochilib qon ketishi, bir kasal ustiga ikkinchisi kelib chiqishi mumkin.

Mutaxassis ko‘rsatmasisiz dori ichish, bu osmondan parashyutsiz sakragandek gap.

Qaysi dorilarni ovqatdan oldin, qaysilarini ovqatdan keyin qabul qilish kerak?

Har bir dori vositasini ichidagi qo‘llanmasiga ko‘ra qabul qilish muhim.

Tabletkalar, kapsulalar ovqatdan keyin, ichakda eriydigan dorilar ovqatdan bir soat oldin ichiladi.
Ketma-ket ikki-uchta dorini qabul qilish qanday oqibatga olib kelishi mumkin?

Har bir dorini qabul qilish orasida albatta, kamida 10-15 daqiqa vaqt o‘tishi shart. Axir, har bir dori vositasining tarkibi turlicha. Ular bemorga zarar yetkazmasligi uchun ham oradan vaqt o‘tishi lozim.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x