OFORT

OFORT (frans. eau-forte — azot kislotasi) — metallga ishlanadigan gravyura turi. Tasvir metall plastina (taxta)ga kislota taʼsir ettirish yoʻli b-n hosil qilinadi. Kislotaga chidamli lok bilan krplangan rux yoki mis plastina yuzasi maxsus igna, mix bilan metall yuzagacha tirnab (oddiy kislotali moʻyqalam b-n chizib), tasvir chiziklari hosil qilinadi. Soʻng plastinadagi oʻyiqlar (bosma elementlari) kislota taʼsirida yana chuqurlashtiriladi. Bu jarayonni bir necha marotaba takrorlab, kerakli darajadagi tuslar jil-vasini hosil qilish mumkin. Boʻyoq surtilgan plastinadan bosim taʼsirida qogʻozga nusxa koʻchiriladi. Bu usul rangli bosmada ham ishlatiladi. Tasvir chiziqlarini kuchaytirish imkoniyati, oʻziga xos badiiyligi, shtrixining erkinligi, nursoyaning nafisligi, bosish jarayonida yuzaga keladigan takrorlanmas sifati (bir plastinadan turli xil nusxalar olish imkoniyati) bilan Ofort barcha boshqa gravyuralardan farq qiladi. Dastlabki Ofort namunasi 16-a. da Germaniyada (D. Xopfer va A. Dyurer to-monidan) yaratilgan. Fransuz J. Kallo, golland Rembrandt, italyan G. Reni, J. Kastilyone, ispan F. Goyya, rus I. Shishkin, V. Mate, V. Serovlar Ofortda samarali ijod qildilar. Oʻzbekistonda O. V. Kedrin, A. Osheyko va b. ijodi bilan boyidi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x