OFIOLITLAR (yun. ophis — ilon va lithos — tosh) — oʻta asosli va asosli intruziv (dunit, peridodit, piroksenit, gabbro), effuziv (giberbazitlar) va choʻkindi (aksari chuqur suv yotqiziqlari) togʻ jinslarining birgalikda uchraydigan majmui. Ofiolitlar tushunchasini fanga dastlab 1905-y. da shveysariyalik olim G. Shteynman kiritgan. Burmalangan oblastlarning Ofiolitlar okean osti Yer poʻstining oʻtmish geologik davrda tektonik harakatlar natijasida qitʼalar chetiga kelib qolgan relikti deb taxmin qilinadi. Odatda, serpentinlashgan ultrabazitlar yuqori mantiyaning bir qismi, gabbroidlar — «bazalt qatlami», effuziv-choʻkindi qatlamlar esa hoz. okean osti Yer poʻstining «birinchi» va «ikkinchi» qatlamlaridan iborat. Bu tartibning oʻzgarishi koʻpincha tektonik jarayonlar bilan bogʻliq boʻlib, oʻziga xos geologik formatsiya (serpentinli melanj)ni tashkil etadi. O. Yer sharining bir yoʻnalishdagi burmali strukturalari uchun xos. Ofiolitlar ayrim hollarda gorizontal yoʻnalishda katta masofalarga siljigan, baʼzan agʻdarilgan. Ofiolitlarni tadqiq etish ofiolitli togʻ jinslari b-n genetik bogʻliq boʻlgan konlar (xrom, nikel, platina, oltin, simob va b.)ni aniqlash va Yer poʻstining rivojlanishini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые