ODISSEYa

«ODISSEYa» (lot. Odessea, Odyssia) — yunon epik dostoni. Muallifligi Gomerga nisbat beriladi. Mil. av. taxm. 9 — 8-a. larda paydo boʻlgan «Iliada» dostonidan keyin yaratilgan. Gekzametr (musaddas oʻlchovi)da yozilgan (12100 misra). «Odisseya» negizida dunyoga mashhur shunday folklor syujeti yotadi: uzok, darbadarlikdan soʻng sadoqatli rafiqasi Penelopa oldiga tanib boʻlmaydigan holda eri — Odissey qaytib keladi. Odissey obrazida qaxramonlik sifatlaridan koʻra uning aql-zakovati, epchilligi, tadbirkorligi ustun turadi. «Odisseya»da maishiy kartinalar va ertak unsurlari «Iliada»dagiga qaraganda koʻproq. Doston qad. zamonlardayoq yunon xalqining muqaddas va moʻtabar kitobiga aylangan. Koʻp tillarga tarjima qilingan. Ayrim parchalari oʻzbek tilida Mirtemir tarjimasida nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x