ODAMTOSH SERIYASI — Jan. Oʻzbekistondagi yuqori boʻr davriga mansub qatlamlardagi stratigrafik birlik. O. M. Akramxoʻjayev, M. Egamberdiyev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan 1971-y. da ajratilgan. Odamtosh seriyasi turon va konyak yaruslarining paleontologik qoldiqlariga boy boʻlgan giltosh, mergel hamda oz mikdorda gips, ohaktosh va qumtosh qatlamlaridan tashkil topgan. Odamtosh seriyasi s, oʻz navbatida, Gʻozdahana, Chashmaobozon (quyi turon), Dehqonobod, Pachkamar (yuqori turon) va Oqrabot (konyak) mahalliy svitalariga boʻlinadi. Umumiy qalinligi 230—600 m boʻlib, ostki neft-gazli mahsuldor qatlamlari uchun flyuidlarni toʻsib turuvchi ekran vazifasini bajaradi. Stratigrafik ahamiyatga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые