Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Odamni ham, tarvuzni ham sinab koʻrmay turib haqiqatini bilish qiyin.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Mening nima demoqchi boʻlganimni tushunmagan paytingda uni oʻzing istagandek izohlama.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Haqiqiy shijoat – asablarni bosishga qodir boʻlishdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Nafslarning eng goʻzali – kelishmovchilik kuchaygan boʻlishiga qaramasdan (koʻrgan) yaxshiligini inkor etmaydigan nafsdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Qalbimiz qora emas. Lekin bizga bir vaqtlar yomonlik qilgan yuzlarni koʻrishni istamaymiz.
Najib Mahfuz
*****
Agar seni tergab, tanbeh bermasam, demak, sen menga nisbatan hech kim ekansan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kim toʻgʻri ishni koʻra turib, uni amalga oshirmasa, demak, u qoʻrqoqdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Xalqning nondan keyin ilk ehtiyoji tushadigan narsa – tarbiyadir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Oltin olov bilan, erkak qiyin lahzalar bilan sinaladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Eng afzal kunlaringdan biri – kimgadir begʻaraz yordam bergan kuningdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Modomiki sen yurib, harakat qilib yashayapsanmi, demak, qachondir sen tanqidga uchraysan. Chunki sen bu harakating bilan johillar va dangasalarni bezovta qilib qoʻyding.
Ibrohim Faqiy
*****
Biz molning kamligidan qiynalmayapmiz, balki biz oʻgʻrilarning koʻpligidan qiynalyapmiz.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Haqiqiy muvaffaqiyatsizlik – yana bir bora urinib koʻrishdan toʻxtashingdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Eshiklar har qancha katta boʻlmasin ularning kalitlari kichik boʻladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ikki xarsangtosh orasidan gul oʻsib chiqadi. Ikki qiyinchilik orasidan yengillik oʻsib chiqadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
https://saviya.uz/ijod/nasr/odamni-ham-tarvuzni-ham-sinab-kormay-turib-haqiqatini-bilish-qiyin/