Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Agar maosh qilingan ishga qarab berilganda edi, eshak oltin karovat ustida uxlagan boʻlardi.
Anis Mansur
*****
Kishi oʻziga infoq qilishdan ham ojiz boʻlganda karomatini yoʻqotadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Temir ishlatilmasa zanglaydi. Suv harakatlanmasa ayniydi. Xuddi shuningdek fikr yuritilmasa aqlda ham mana shunday holat yuz beradi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Sen nafaqat gapirgan gapingga, balki gapirishing kerak boʻlgan oʻrinda gapirmaganing uchun ham javob berasan.
“Hikmat durdonalari”
*****
Modomiki bir qalbda uzoq turmoqchi boʻlmasang, u qalbning eshiklarini taqqillatma.
“Hikmat durdonalari”
*****
Odamlarning eng kechirimlisi jazolashga qodir boʻla turib kechirib yuborganidir.
“Hikmat durdonalari”
*****
Kishi faqirligi, shaklining hunukligi uchun ayblanmaydi. Lekin tilining zaharligi, axloqining yomonligi uchun ayblanadi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Ikki odamga oʻzingni oqlab oʻtirma:
- Seni yaxshi taniydigan doʻstingga;
- Sening xato qilishingni poylab turgan dushmaningga.
“Hikmat durdonalari”
*****
Tashqi koʻrinishlarini goʻzal qilish uchun pul sarflaydilar. Ammo tekin boʻlsa-da, axloqlarini goʻzallashtirishga urinmaydilar.
“Hikmat durdonalari”
*****
Baʼzilarning ismi bitta boʻlsa-da, yuzi mingta boʻladi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Hech kimni soʻkma, haqorat qilma! Alloh taolo uni oʻsha aybdan poklab, sening oʻzingni oʻsha aybga mubtalo qilib qoʻymasin!
“Hikmat durdonalari”
*****
Hayot menga birorta odam koʻrmaydigan burchakka borib yigʻlashni, keyin yuzimdagi yoshlarimni artib, odamlarning oldiga tabassum qilib chiqishimni oʻrgatdi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Donishmanddan “Oqil inson kim?” deb soʻraldi. Shunda u “Oqil inson – qachon gapirishni, qanday gapirishni va kimga gapirishni biladigan kishidir” deb javob berdi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Sokin dengizda mohir dengizchilar shakllanmaydi. Musaffo ob-havoda mohir uchuvchilar shakllanmaydi. Xuddi shunga oʻxshab mashaqqatsiz hayotda kuchli shaxslar shakllanishi qiyin.
“Hikmat durdonalari”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/odamlarning-eng-kechirimlisi-jazolashga-qodir-bola-turib-kechirib-yuborganidir/