Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Boylik – dengiz suviga oʻxshaydi. Undan ichganing sari tashnaliging oshib boraveradi. Bu qoidani mashhurlikka ham tatbiq etsa boʻladi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Sharafli inson yuksalgani sari kamtar boʻlib boradi.
Pastkash inson yuksalgani sari mutakabbir boʻlib boradi.
Arab maqoli
*****
Odamlarga har qancha ishonsang ham, sirlaringni oʻzingda qoldir!
Najib Mahfuz
*****
Biz koʻp odoblar qatori, janozada ishtirok etish, tobutni koʻtarish odobini ham yaxshi oʻrganishimiz kerak
*****
Hayot har qancha qiyin va ogʻir boʻlmasin, yaxshi koʻrgan kishimiz bilan yonma-yon yashasak, u shirin tuyulib qoladi.
“Ajoyib fikrlar”
https://saviya.uz/ijod/nasr/odamlarga-har-qancha-ishonsang-ham-sirlaringni-ozingda-qoldir/