Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
“Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz zolimiyn”.
Shu Qurʼoniy duoni doim aytib yurishga odatlanaylik. Chunki, uning avvali tavhid, oʻrtasi tasbeh, oxiri istigʻfordir.
Oyat maʼnosining tarjimasi: “Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (oʻzimga) zulm qiluvchilardan boʻldim” (Anbiyo surasi, 87-oyat).
*****
Odamlar sening shikoyatlaringni birinchi bor eshitib, dalda boʻladilar. Keyingi safar esa malollana boshlaydilar.
*****
Shunday kishilar borki, sen ularga hech narsa bermasang ham ular senga muhabbatni tortiq qiladilar.
Shunday kishilar borki, sen ularga hamma narsani berganingdan keyin ular senga alam va ogʻriqni tortiq qiladilar.
«Sukutdagi sadolar»
*****
Eng shijoatli odam birinchi UZR AYTADI.
Eng kuchli odam birinchi KEChIRADI.
Eng baxtli odam birinchi UNUTADI.
*****
Hamma narsa Allohga tasbeh aytadi. Har bir maxluq oʻziga yuklatilgan vazifani sustkashlikka yoʻl qoʻymay bajaradi. Faqat inson gohida zikrni kam qilib, vazifasida sustkashlik qiladi.
*****
Hakim Termiziy rahimahulloh dedilar: «Besh toifa kishining salohi beshta joydadir:
- Yosh bolaning salohi maktabda.
- Yigitning salohi ilm oʻrganishda.
- Oʻrta yoshning salohi masjidda.
- Ayolning salohi uyda.
- Buzgʻunchining salohi qamoqda».
*****
Jim turishning foydalari:
– mashaqqatsiz ibodat;
– taqinchoqsiz ziynat;
– saltanatsiz haybat;
– toʻsiqsiz, devorsiz qoʻrgʻon.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Ey Robbim! Oldimda rostgoʻy boʻlib, ortimda munofiq boʻladigan qalblar (kishilar)dan meni uzoq qil!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Ortga bir qadam qaytgan boʻlsang, umidsizlikka tushma! Kamondagi oʻq oldinga shiddat bilan otilishi uchun orqaga tortilishini unutma!
Arab hikmati
*****
Agar insonlar bir-birlari haqida gapirishning oʻrniga bir-birlari bilan gaplashishni koʻproq oʻrganganlarida edi koʻplab muammolar bartaraf boʻlardi.
“Xovatir roqiya jurnali”
https://saviya.uz/ijod/nasr/odamlar-sening-shikoyatlaringni-birinchi-bor-eshitib-dalda-boladilar-keyingi-safar-malollana-boshlaydilar/