Bolgar bioximik olimi va yozuvchisi Asen Zlatarov bir shaharchada maʼruza oʻqiydi. Professor tabiat va uning boyliklari haqida gapirar ekan, kislorod 1773 yilga kelibgina kashf etilgani, usiz hayot kechirish mumkin emasligini eslatib oʻtadi. Shunda zaldagilardan biri hayqirib yuboradi:
– Nahotki! Ungacha odamlar nimadan nafas olgan?!
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik”, 2017–3
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/odamlar-nimadan-nafas-olgan/