ODAM OʻLDIRISH

ODAM OʻLDIRISH — qasddan boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilish. Jinoyat huquqida shaxsga qarshi qaratilgan eng ogʻir jinoyatlardan biri boʻlib, fuqarolar xayoti xavfsizligini taʼ-minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz hisoblanadi. Odam oʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi JK 97-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Ehtiyotsizlik or-qasida Odam oʻldirish mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiladi (JK, 102-modda). Odam oʻldirish moddiy tarkibli jinoyatlar sirasiga kiradi. Odam oʻldirish aybdorning harakati yoki harakatsizligi tufayli odam oʻlgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. OʻzR Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan Odam oʻldirish turlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:

1) qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz Odam oʻldirish (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi);

2) aybni ogʻirlashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (ikki yoki undan ortiq shaxsni; xrmiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni; ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsni; xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning qarindoshini; boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirish va b. — 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi); 3) aybni yengillashtiruvchi holatlarda Odam oʻldirish (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida Odam oʻldirish — 5 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish; onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi —3 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish; zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan Odam oʻldirish — 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; ehtiyotsizlik orqasida Odam oʻldirish —2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

Mirzayusuf Rustamboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x