ODA (yun. aoide — qoʻshiq) — sheʼriy va musiqiy janr. Yunonistonda paydo boʻlib, tantanavor, koʻtarinki ruxda yaratilgan nasihatomuz xor qoʻshigʻiga nisbatan aytilgan (Pindar va b.). 17-a. dan Yevropa musikasida biror kishi shaʼniga yoki muhim voqea munosabati bilan yaratilgan vokal-cholgʻu musiqa asari. Kantatata yaqin (G. Pyorsell, G. F. Gendel, I. S. Bax, L. Betxoven va b.) hamda cholgʻu joʻrligidagi qoʻshiq (G. F. Teleman, K. F. E. Bax, K. F. Glyuk va b.) turlari mavjud. Xozirda turli shakldagi tantanavor, gimnga yaqin musiqa asari (I. Stravinskiy, S. Prokofyev, A. Shyonberg, M. Burhonov va b.).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые