“Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun”

VOLA gʻazallaridan

 

* * *

 

Yoshurmish orazin ul oy niqobimushkfom ichra,
Nihon boʻlgʻon kibi koʻzdin quyosh ruxsori shom ichra.

 

Boshingdin oʻrgulub xolingdin oʻpsam, eʼtiroz etma,
Qi, taqbili hajar sunnat emish baytulharom ichra.

 

Koʻrunur garchi davron gulshani, ey doʻstlar, xurram,
Vafo mehrini siz andin tamaʼ etmang mashom ichra,

 

Figʻon bul charxi zolimdinki, dono qon yutar doyim,
Ichar nodon tarab jomini bazmi ehtirom ichra.

 

Adadsiz zaxmligʻ tan ichra andogʻ tolpinur koʻnglum,
Havodis zulmidin tushgan oʻshal qushdekki dom ichra.

 

Jahon bogʻida umredurki bir gul vaslini istab,
Qilurmish Vola bulbuldek navoldr har maqom ichra.

 

* * *

 

Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshigʻa xam yoʻq,
Jahon ahli agar ishqida jon bersa, anga gʻam yoʻq,

 

Nechuk izhor etay, ey doʻstlar, ul siymtan ishqin,
Koʻngul rozini ifsho etgudek olamgʻa mahram yoʻq.

 

Koʻrub koʻnglumgʻa har yon zaxmlar hijroni tigʻidin
Dedilar ahli hikmat: gʻayri vasli anga marham yoʻq.

 

Eshitib rahm qilmas ul quyoshsiymo figʻonimni,
Agarchi koʻnglum ahvoli anga bir zarra mubham yoʻq.

 

Parilarga makondur garchi gulzori Eram, ammo
Manga ul hur paykar koʻyidek dilxohu xurram yoʻq.

 

Koʻrub ul oy yuzin miynosini gulgun araq ichra,
Nechuk dersiz guli gulzori ruxsorigʻa shabnam yoʻq.

 

Koʻngulni xush tutub doim, zamone boʻlmangiz gʻamgin,
Nedinkim koʻk ravoqidek tiriklik qasri mahkam yoʻq.

 

Qiyomat vahmidin qon yigʻlaganda, kuygan ey gʻofil,
Oni holigʻa yigʻlangkim, koʻzigʻa qatrai nam –yoʻq.

 

Agarchi Vola aʼmoligʻ gʻamidin qon yutar, lekin
Oni botin koʻzin haq ochsa, zohir diydadin kam yoʻq.

 

* * *

 

Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun,
To maningdek ahli olam zoru shaydolanmasun.

 

Garchi oʻldum novaki nozingdin, ey abru kamon,
Oʻzgalarni qasdigʻa, yorab, ul oʻq yolanmasun.

 

Koʻz yoshim bahrida gʻarq oʻldum yuzung hijronida,
Mehr topgʻonda kishi ul navʼ daryolynmasun.

 

Ohu ashkimdin tavahhum qilki, hajringdin yana
Nuh toʻfoni jahon mulkigʻa paydolanmasun.

 

Qaddu ruxsoring tamannosida aylarman figʻon,
Bulbulu qumri gulu sarv uzra gʻavgʻolanmasun.

 

Sunbuli zulfingni tarqatma yuz uzra, gar desang,
Atridin devonalardek xalq savdolanmasun.

 

Noz ila har sori koʻz sol, aylasang sayri chaman,
Sharmdin bodomu nargis koʻzi shahlolanmasun.

 

Laʼli jonbaxshingdin etma nuktaye daryogʻa fosh,
To duri shahvor marjonidin izolanmasun.

 

Quvlanib koʻyung gulistonidin, ey nomehribon,
Hech oshiq Voladek ishqingga rasvolanmasun.

https://saviya.uz/ijod/nazm/ochma-ruxsoringni-jono-muncha-zebolanmasun/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x