O’chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar

DO`STLARGA ULASHING:

O’chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar
#foydali

Fayllar vinchesterda qismlarga bo’linib, bloklar ko’rinishida saqlanadi, agar siz biror faylni o’chirsangiz, shu fayl yozilgan bloklar bo’shatiladi, tozalanmaydi, balki bo’sh deb belgilab qo’yiladi.
Qayta tiklovchi dasturlar shu belgilarni olib tashlab, fayl mavjudligini sizga ko’rsatib beradi. Agar o’chgan fayl yozilgan bloklar ustiga boshqa fayl qismlari yozilib qolsa, bu bloklardagi eski qismlarni katta ehtimol bilan qayta tiklolmaysiz.

Qisqacha, qayta tiklash haqida nazariy ma’lumot berib o’tdim, quyida qayta tiklovchi dasturlar ro’yxatini, o’zining rasmiy saytidan ko’chirib olishingiz mumkin bo’lgan havolasi bilan berib o’taman. Biror faylingizni, bilmay o’chirib tashlasangiz, quyidagi dasturlar qayta tilklashga yordam berishi mumkin:

▫️Recuva
(https://recuva.ru.uptodown.com/windows)▫️PhotoRec
(https://www.cgsecurity.org/wiki/PhotoRec_RU)▫️DMDE
(https://dmde.ru/download.html)▫️Disk Drill
(https://www.cleverfiles.com/ru/)▫️Puran File Recovery
(http://www.puransoftware.com/File-Recovery.html)▫️RecoveRx
(https://www.softportal.com/software-37681-transcend-recoverx.html)▫️MiniTool Power Data Recovery
(https://www.minitool.com/data-recovery-software/free-for-windows.html)▫️Stellar Data Recovery
(https://www.stellarinfo.com/)▫️Data Rescue

(https://www.prosofteng.com/)☝️Xulosa, agar biror faylni bilmasdan o’chirib qo’ysangiz, yoki biror diskni format qilib qo’ysangiz, darhol qayta tiklovchi dasturlar orqali ishni boshlang, vinchesterda fayllar hosil qilishdan yoki fayllar tashlashdan o’zingizni tiyib turing.

Yuqoridagi ko’p dasturlar bepul, ko’chirib olib, tekshirib ko’rishingiz mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x