OBRUCHEV Vladimir Afanasyevich (1863. 10.10, hoz. Tver viloyati — 1956, 19. 6, Moskva) — rus geologi va geografi, akad. (1929), Peterburg konchilik in-tini tugatgan (1886), Tomsk texnologiya in-tida (1919—21), Simferopol un-tida (1918—21) va Moskva konchilik akademiyasida (1921—29) prof. Aba-diy toʻngliklarni oʻrganish komissiyasi raisi (1930—39), FA Toʻnglikshunoslik in-ti direktori (1939—56), FA geol.geografiya boʻlimining akademik-kotibi (1942—46). O. Sibir, Markaziy va Oʻrta Osiyo geol. sini tadqiq etgan. Neogentoʻrtlamchi davrda Yer poʻstining vertikal harakati ahamiyatini asoslagan. Tyanshan togʻlarining geol. sini atroflicha oʻrgangan. 1886—88 y. larda Qoraqumda i. t. ishlari olib borgan va qumli relyeflarni 4 tur (barxanli, egri-bugri, joʻyakli va choʻl)ga ajratgan. Jungʻariya Olatovida bir qancha neft, oltin va b. konlarni ochgan. Ilmiy ishlari rudali konlar geol. si, geomorfologiya, geogr. ga bagʻishlangan.
Obruchev nomiga Rossiya FA Toʻnglikshunoslik in-ti, Kyaxta sh. da oʻlkashunoslik muzeyi, koʻpgina geografik obyektlar, muzlik, togʻ, mineral buloqlar, Xi-toydagi bir qancha toshqotgan jinslar va b. qoʻyilgan. FA Sibir geologiyasi boʻyicha olib borilgan ishlarga V. A. Obruchev nomidagi mukofot taʼsis etgan. As: Geologiya Sibiri, M., 1935—38; Rudnыye mestorojdeniya, M., 1935; Istoriya geologicheskogo issledovaniya Sibiri, M., 1931—49; Po goram i pustыnyam Azii, M., 1948; Izbrannыye rabotы po geografii Azii, M., 1951.