OBJAZSOY — Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shim.-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Yuqori oqimida Sariqtoshsoy deb ataladi. Uz. 24 km, havzasining mayd 140 km2. Soy Objaz dovonidan 3,5 km jan.-gʻarbda bir qancha mayda buloklardan oqib tushadi. Qor, yomgʻir va buloklardan toʻyinadi. Oʻrta va quyi oqimida vodiysi keng, yon bagʻirlari yotiq. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,61 m3/ sek., fev. da 2,9 m3/sek. ga yetadi. 20 dan ortiq mayda irmogʻi bor, eng yirigi — Qirqqizsoy.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые