Obirahmat g‘ori


Post Views:
1 137

OBIRAHMAT FORI – Toshkent viloyatidagi tosh davri yodgorliklaridan biri. Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘ida joylashgan. Obirahmat g‘ori 1962 yil A.Muhammadjonov va S.K.Nasriddinov tomonidan topilgan. 1962–64 yillarda A.P.Okladnikov, 1964–70-yillarda M.M.Gerasimov rahbarligida R.H.Sulaymonov tadqiqot ishlari olib borgan. 1976–86 yillarda O‘.I.Islomov rahbarligida T.Omonjo‘lov va K.A.Kraxmal qazishmalar o‘tkazishgan. 1998 yil Rossiya FAning Sibir bo‘limi Arxeologiya va etnografiya instituti bilan o‘zbekistonlik arxeologlar o‘rtasida Obirahmat g‘orida birgalikda tadqiqot ishlari olib borish uchun shartnoma tuzilib, ekspeditsiyaga O‘zbekiston tomonidan O‘.I.Islomov rahbar etib tayinlangan. [nggallery id=36]

suratlar www.mountains.uz saytidan olindi

Obirahmat g‘orida 1998 yildan Rossiya–O‘zbekiston, 2007 yildan O‘zbekiston–Rossiya–Belgiya qo‘shma kompleks ekspeditsiyasi ish olib bormoqda. 2003 yildagi ishlar natijasida 16-madaniy qatlamdan arxeologik materiallar bilan birga odam suyaklari topildi. Tahlil natijalari ushbu suyaklar 70 ming yillik davrga egaligini ko‘rsatdi. Bunday ilk yuqori paleolit davri yodgorligi hozircha dunyoda yagona hisoblanadi. Bular 6 ta tish suyagi, 1 ta quloq suyagi va maydalanib ketgan bosh suyak qoldiqlaridir. Suyaklar 8–9 yoshli bolaga tegishli bo‘lib, tishlar va bosh suyak qoldiqlari homa supins sapins va quloq suyagi neandertal odamniki bo‘lib chiqdi. Suyak qoldiqlari ustida asosan Avstriyaning Insbruk tibbiyot markazida, Novosibirskdagi yadro fizikasi, Germaniyaning Maks Plank nomli institutida tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Natijada, homa supins odami, ya’ni hozirgi zamon odamiga o‘xshagan odam inqilobiy yo‘l bilan paydo bo‘lmay, balki evolyutsion (tadrijiy) yo‘l bilan neandertal odamidan homa supins odamiga asta-sekin aylangan degan ilmiy xulosaga kelindi. Demak, O‘zbekiston hozirgi odam paydo bo‘lgan hududga kirishi isbotlandi. Zero, shu vaqtgacha fanda homa supins sapins birdan paydo bo‘lgan va miloddan avvalgi 20-ming yillikka kelib neandertal odamlari barham topib, homa supins odami rivojlanib ketgan, degan fikr mavjud edi. Obirahmat g‘oridagi kashfiyotlar xalqaro ekspeditsiyaning ilmiy natijasidir.

Hozir qo‘shma ekspeditsiya Ko‘lbuloq manzilgohida tadqiqot ishlari olib bormoqda.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/obirahmat-g-ori/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x