Oʻzingga oʻzing hisob ber

Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev hikmatlaridan

 

  • Yaxshilikni bilganga qayish, noshukurga qayishmoq qadrni yerga urmoqdir.
  • Mard koʻp soʻrasa ham ozga rozi boʻladi, nomard oz soʻraydi, ortiqcha bersang ham rozi boʻlmaydi.
  • Yomon doʻst soyaga oʻxshaydi.
  • Peshonangga kun tugʻsa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut toʻplansa, izlab topa olmaysan.
  • Doʻsti yoʻq bilan sirlash, doʻsti koʻp bilan siylash. Qaygʻusizdan uzoq qoch, qaygʻuliga quchoq och.
  • Yurakning maslahatiga amal qilib gapirilganda gap yolgʻon chiqmaydi. Yurakning aytganiga kirmay, nafsning buyurganini qilsang, soʻzsiz adashasan.
  • Koʻrgan narsangga qiziqaversang: yo birovning oʻrinli, yo birovning oʻrinsiz gapiga ishonib ketsang, yoki toʻgʻri kelgan narsalarga koʻngil qoʻyaversang – feʼl-atvoringning buzilib ketishi hech gap emas.
  • Dunyo – ulkan ummon.
  • Vaqt toʻxtamay yelayotgan shamol. Oldindagi toʻlqinlar – avlodlar, orqadagi toʻlqinlar – ajdodlar. Ularning davomiyligida abadiy hayot yashaydi.
  • Toʻq tilanchi – odamning shaytoni,
    Ilmsiz soʻfi – moʻltoni.
  • Faqat oʻzing uchun mehnat qilsang, oʻz qorni gʻamida oʻtlagan hayvonlardan biri boʻlasan, insoniyat ravnaqi uchun mehnat qilsang, Allohning sevimli bandalaridan biri boʻlasan.
  • Bahs – bu ham aslida ilm oʻrganishning bir yoʻli. Biroq unga ortiqcha hirs qoʻyish yaramaydi. Chunki bahsga ortiqcha hirs qoʻyishdan magʻrurlik, maqtanchoqlik, xusumat, yolgʻonchilik, hatto arzimagan narsadan janjal chiqarish va birovga musht koʻtarish kabi yomon fazilatlar tugʻiladi.
  • Agar mehnatim unsin desang – ishning koʻzini top.
  • Xudoga ham, bandasiga ham xush kelmaydigan, or-nomusni oyoqosti qiladigan ishlardan oʻzini sof tuta olmaydigan, behuda maqtovlarga uchadigan, oʻzining qilayotgan ishini oʻzi sezmaydigan yigitni yaxshi yigit deb boʻladimi? Satqai yaxshi yigit ketsin u!
  • Agarda sen ham aqlli kishilarning safida boʻlging kelsa, har kuni bir marta, yo haftada bir marta, hech boʻlmasa oyda bir marta oʻzingga oʻzing hisob ber!
  • Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor boʻlib, sirting yaltirab, iching qaltirab yurib, tirikman degandan koʻra, Xudo yuborgan halol oʻlim ming marta afzal.
  • Achchiqlanib baqirganning ziyoni yoʻq. Gʻazablanib indamagandan qoʻrq.

 

 “Yoshlik”, 2018/3

https://saviya.uz/ijod/nasr/ozingga-ozing-hisob-ber/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x