OʻZBEKNAVO

«OʻZBEKNAVO», «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi — respublikada estrada sanʼati sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot. 1996 yil OʻzR Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida Oʻzbek davlat estrada birlashmasi hamda Oʻzbek davlat filarmoniyasi negizida «Oʻzbeknavo» gastrol konsert birlashmasi nomi bilan tashkil etilgan. 2001-yildan hoz. nomda. Asosiy vazifasi Oʻzbekiston estrada sanʼatini rivojlantirish, estrada jamoalari, yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish, ularning ijodii, iqtisodii, huquqii manfaatlarini himoya qilish, respublika hududida va uning tashqarisida gastrolkonsert faoliyatini amalga oshirish, yakka ijrochilar va estrada guruhlarining faoliyat yuritishi uchun litsenziyalar berish, estrada sohasida axborot maʼlumotlar bazasini yaratish, monitoring oʻtkazish va boshqalar «Oʻzbeknavo» respublikada oʻtkaziladigan milliy bayramlar, yubiley tantanalari va boshqalar rasmiy davlat tadbirlariga masʼul boʻlib, ular uchun maxsus shoudasturlar, tomosha, konsertlarni tayyorlaydi. Yosh iqtidorli sanʼatkorlarni ragʻbatlantirish maqsadida Maʼmurjon Uzoqov va Joʻraxon Sultonov nomidagi (Margʻilon), Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi (Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (Xorazm), F. Mamadaliyev va O. Yusupov nomidagi (Andijon) anʼanaviy xonandalik tanlovi, «Asrlar navosi» koʻhna milliy sozlar ijrochilari (Buxoro), «Yangi taronalar» hamda «Aziz ona yurtim navolari» milliy estradamusiqa tanlovlari va boshqalarni oʻtkazadi. «Oʻzbeknavo» birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda boʻlimlari mavjud.

Yoʻldosh Norboʻtayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x