OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASIprokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari toʻgʻrisida» 1992 yil 8 yanv. farmoni asosida ittifoq qaramogʻidagi Oʻzbekiston SSR prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilishi tartibida tashkil etilgan.

Oʻzbekiston prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek, vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (118—120-moddalar), «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1992-yil 9 dek.) da belgilab berilgan. «Prokuratura toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahriri (2001-yil 29 avg.) asosida Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga aylantirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari, tumanlar va shaharlar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar tashkil etadi. Bosh prokuratura huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliyutarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida hisobdordir. Bosh prokuror, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Bosh prokuraturada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning 1-oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi. Quyi prokurorlarni lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tayinlaydi va boʻshatadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9 dek. qarori bilan tasdiqlangan Nizomga qoʻra, prokuratura xodimlariga maxsus unvonlar taʼsis etilgan. Haqiqiy hamda 1, 2 va 3darajali Davlat adliya maslahatchisi unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Turli darajadagi adliya maslahatchisi va yurist unvonlarini xodimning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olib, egallab turgan lavozimiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Qonun himoyasida» jur. (1996-yil apr. dan) va «Huquq» gaz. (1997-yil 27 avg. dan) nashr etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x