OʻZBEKISTON OVOZI

«OʻZBEKISTON OVOZI» — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. Haftada 3-marta, rus tilidagi nashri — «Golos Uzbekistana» esa 1-marta chiqadi. Dastlabki soni 1918 yil 21-iyunda — «Ishtirokiyun» («Kommunist») nomi bilan chiqqan. Keyinchalik «Qizil bayroq» (1920), «Turkiston» (1922), «Qizil Oʻzbekiston» (1924), «Sovet Oʻzbekistoni» (1964) nomlarida nashr etilgan. 1991-yildan hoz. nomda. Gaz. ga turli yillarda U. Eshonxoʻjayev, Qamchinbek, K. Aliyev, Q. Sorokin, M. Shermuhammedov, M. Romiz, M. Hasanov, V. Rahimiy, A. Xudoybaxtov, M. Usmonov, R. Majidiy, A. Oʻrazayev, R. Abdurahmonov, S. Azimov, 0. Abdurahmonov, S. Rajabov, H. Gʻulomov, Sh. Rashidov, M. Qoriyev, L. Qayumov, Oʻ. Usmonov, R. Rahmonov, Sh. Ubaydullayev, A. Suyun va boshqalar muharrirlik qilgan.

Oʻzbek adabiyoti va jurnalistikasining ulkan namoyandalari — Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy (Julqunboy), Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Sobir Abdulla, Zulfiya va boshqalar oʻzlarining ilk ijodlarini shu gaz. sahifasida eʼlon qilganlar.

Hayotning barcha sohalarida boshlangan islohotlar mohiyatini ochib berish, istiqlol siyosatini xalq qalbiga olib kirish, yangicha ong, yangicha tafakkurni shakllantirish, mustaqillik mafkurasini yaratish — gaz. ning asosiy vazifasidir. Siyosat, maʼnaviyat va maʼrifat, parlament va huquq, ijtimoiy hayot va iqtisodiyot, ekologiya va sihatsalomatlik, sport va harbiy vatanparvarlik, xatlar va ommaviy ishlar hamda tijorat boʻlimlari bor. Mamlakatning barcha viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham oʻz muxbirlariga ega. Adadi 10000 (2005). Bosh muharriri Safar Ostonov (2002-yildan).

Namoz Saʼdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x