OʻZBEKISTON GEOLOGIYA MUZEYI

OʻZBEKISTON GEOLOGIYA MUZEYIOʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi (Davgeolqoʻm) tasarrufidagi muzey. 1988 yil ochilgan. Muzey kolleksiyalari Oʻzbekistonda geol. faoliyatining 75 yil mobaynida yigʻilgan katta hajmdagi materiallar hamda muzeyga sovgʻa sifatida taniqli geologlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kolleksiyalar, OʻzR tabiatini aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilgan. Muzey Davgeolqoʻmning tadqiqot ishlari olib boradigan ilmiy va oʻquv markaziga aylandi. Oʻzbekiston geologiya muzeyi geologiya soqasidagi oliy va oʻrta taʼlim sistemasida oʻquvmaʼrifiy ishlarni olib borish, turli chet el kompaniyalari va olimlarning muzey eksponatlari bilan tanishuvini tashkil etish va geol. fani erishgan yutuqlarni keng targʻibot qilish bilan shugʻullanadi. Muzey 5 ta koʻrgazma zalidan: kirish, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston hududining geologik rivojlanishi tarixi, regional geol. monografik paleontologik kolleksiyalar va foydali qazilmalar, mineralogiya, geokimyo, qadimiy konchilik kasbkorligi tarixi hamda dunyo geologik merosi zallaridan iborat. Muzeyda geol. fanining rivojlanishi, vatanimizning ilk geologlari, foydali qazilma konlarini ochgan dastlabki geologlar haqidagi maʼlumotlar mavjud. Maxsus ekspozitsiya Oʻzbekistonning yosh suveren davlat sifatida shakllanishi, mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanishi hamda mineral xom ashyo resurslarining xalq xoʻjaligidagi oʻrnini tasvirlaydi. Ekspozitsiyalarda namoyish etilayotgan eksponatlarning umumiy soni 32 ming dan ortiq. Vitrinalarda kinovar minerali, molibdenit, vismut, volframit kristallarini oʻzida saqlab qolgan noyob namunalar namoyish etilgan. Maxsus petrografik kolleksiya oʻz ichiga 300 ta namunani (vulkanik togʻ jinslar — 228, metamorfik togʻ jinslari — 46, choʻkindi tog jinslari — 26) qamrab oladi; mineralogik kolleksiya esa, 858 ta noyob namunadan, monografik paleontologik kolleksiya 2631 ta namunadan iborat, ulardan 783 tasi Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston hududining rivojlanishi tarixi zalida va 1848 tasi monografik paleontologik kollekpiyalar zalida joylashgan. Oʻzbekiston geologiya muzeyi qoshida Oʻzbekistonning mineral xom ashyo potensialini aks ettiruvchi turli xil koʻrgazmalar, taqdimotlar, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda geologik tadqiqotlarni oʻtkazish va izlab topilgan foydali qazilmalarni oʻzlashtirish masalasiga oid uchrashuvlar oʻtkaziladi. Muzeyda noyob obyektlar, yangi konlar boʻyicha tekshirish, qimmatbaho metallar va yarqirama toshlar xom ashyosi, jumladan, zargarlik buyumlariga ekspert xulosalarining berilishi va boshqalar tadqiqotlar amalga oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x