OʻZBEKISTON BASTAKORLAR UYUSHMASI

OʻZBEKISTON BASTAKORLAR UYUSHMASI — respublikada bastakor, kompozitor va musiqashunoslarni birlashtiruvchi ijodiy jamoat tashkiloti. 1938 yil Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan, birinchi raisi T. Sodiqov. 1995-yildan hoz. nomda. Asosiy vazifalari: Oʻzbekiston musiqa sanʼatini keng koʻlamda boyitish va yuksaltirish, milliy musiqa anʼanalarini asrabavaylash, uyushma aʼzolarining kasbiy, ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning ijodiy shartsharoitlari, professional mahoratining oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ijodini respublika va xorijiy davlatlarda targʻib etish. Oliy rahbar organi — qurultoy, qurultoylar orasidagi davrda — Kengash (1995-yildan Kengash raisi R. Abdullayev). Uyushmada 110 aʼzo bor, 7 shoʻba (anʼanaviy ijodkorlik, estrada va harbiy musiqa, simfonik musiqa, kamer musiqa, sahna musiqasi, bolalar musiqasi, musiqashunoslik) faoliyat koʻrsatadi (2005).

Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi Oʻzbekiston musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayonida faol qatnashib, respublikada oʻtkaziladigan koʻpgina musiqa festivali, tanlov, anjumanlar tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri: «Oʻrta Osiyo va Qoʻ zogʻiston simfonik musiqa festivali» (1960—80 yillar), «Oʻzbekiston — Vatanim manim» qoʻshiq tanlovi (1997-yildan), «Xalqaro simfonik musiqa festivali» (1998-yildan), «Davr sadolari» musiqa festivali (2003-yildan), Nazira Ahmedova nomidagi xonandalar tanlovi va boshqalar Uyushma rahnamoligi va ishtirokida turli konsert, atoqli bastakor va kompozitorlarning yubiley kechalari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda, maxsus radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar tayyorlanmoqda, Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga bagʻishlangan monografiya va toʻplamlar nashrdan chiqarilmoqda.

Rustam Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x