OʻZBEKISTON ADVOKATLAR UYUSHMASI

OʻZBEKISTON ADVOKATLAR UYUSHMASI (ASSOTSIATSIYASI) — respublikada advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni birlashtirgan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot. 1997 yil taʼsis etilgan. Assotsiatsiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Adv«okatura toʻgʻrisida», «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida», shuningdek, «Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida» qonunlariga hamda advokatura va advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlarga asoslangan holda yuritadi. Assotsiatsiyaga aʼzolik ixtiyoriydir. Belgilangan tartibda advokatlik maqomiga ega boʻlgan hamda muayyan advokatlik tuzilmasi tashkiliy shaklida faoliyat koʻrsatayotgan har bir advokat unga aʼzo boʻlishi mumkin. Assotsiatsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlimlari mavjud boʻlib, ular 24 ta advokatlar hayʼati, 200 dan ortiq advokatlar firmasi va 300 dan ortiq advokatlik byurosidagi 2000 ga yaqin advokatni oʻzida birlashtirgan.

Mamlakatda kuchli mustaqil advokatura tizimini barpo etishga koʻmaklashish, advokatlarni oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonida ularning kasbiy faoliyatini himoya qilish, advokatura faoliyati, shaxs huquq va erkinliklariga taalluqli qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, advokatlarga kasb malakalarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish, aholi orasida huquqiy bilimlarni targʻib qilish, xorijiy davlatlar advokatlari va ularning uyushmalari bilan, shuningdek, inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatish va hamkorlik qilish Oʻzbekiston advokatlar uyushmasining asosiy maqsad va vazifalaridir. Assotsiatsiyaning oliy boshqaruv organi 4 yilda bir marta chaqiriladigan Advokatlar assotsiatsiyasining syezdi hisoblanadi. Syezdlar oraligʻida assotsiatsiya Boshqaruvi faoliyat koʻrsatadi. Boshqaruv aʼzolari (har bir hududiy boʻlimdan 2 tadan) syezd tomonidan saylanadi. Assotsiatsiyaga syezdda saylanadigan rais rahbarlik qiladi. Uning vakolat muddati 4 yil U shu davrda saylanadigan yoki tayinlanadigan boshqa lavozimlarda ishlashi mumkin emas (ilmiypedagogik va advokatlik faoliyati bundan mustasno). Assotsiatsiyaning nashriy organi «Advokat press» ijtimoiyhuquqiy ommabop gaz. dir (2004-yil avg. dan chiqa boshlagan).

Bahrom Salomov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x