OʻTROR

OʻTROR, Turarband, Tarband, Oʻtrortepa — qadimiy shahar xarobasi (mil. av. 1-asr — mil. 16-asr). Janubiy Qozogʻistondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. Oʻtror 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat boʻlib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan. Oʻtrordan koʻchalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uyroʻzgʻor, zargarlik buyumlari, kamon oʻqlari va boshqalar topilgan. Moʻgʻullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri boʻlgan. Oʻtrormudofaasidan soʻng moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Oq Oʻrda xonlari uni 14-asr da tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qalʼa boʻlgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yoʻli vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Koʻhna Urganch, Oʻtror va Olmaliqqa borgan. Bu yoʻldan musulmon savdogarlari ham, yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. Oʻtrordan koʻplab allomalar yetishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. 16-asrdagi oʻzaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x