OʻTLOQ

OʻTLOQ, oʻtzor — turli oʻt, koʻp yillik, tabiiy oʻsimlik aralashmalari, asosan, mezofil oʻtlar oʻsadigan maydonlar. Oʻtloq lardan pichanzor va yaylovlar sifatida foydalaniladi. Oʻtloqlar nam yerlarda, oʻtlar oʻsishi uchun qulay va boshqalar oʻsimlik turlari (daraxt va butalar) uchun noqulay boʻlgan sharoitda vujudga keladi. Oʻlarni inson faoliyati natijasida, mas, choʻllarni oʻzlashtirib (sugʻorib) ham barpo etish mumkin. Ular kelib chiqishi, yoshi, fitotseno . zi, oʻsimliklarning oʻsish sharoiti, hosili boʻyicha turlicha boʻladi. Maysazor va chim hosil boʻlish barcha Oʻtloq larga xos. Materik, qayir hamda togʻ Oʻtloq lari farqlanadi. Materik Oʻtloqlar tekisliklarda joylashgan boʻlib, suvsiz (tekislik va qiyaliklarda faqat yogʻin suvlari hisobiga oʻsadigan) hamda yer osti suvi yuza boʻlgan pastlik Oʻtloq larga ajraladi. Qayir Oʻtloqlar tundradan choʻlgacha; oʻrmon va oʻrmonchoʻl zonalarida tarqalgan. Materik Oʻtloq larga nisbatan turlituman va serhosil. Togʻ Oʻtloqlari nam va issiq iqlimli togʻli r-nlarda hamda oʻrmon mintaqasida (subalp va alp Oʻtloqlari) tarqalgan. Subalp Oʻtloq laridan serhosil pichanzor va yaylov sifatida foydalaniladi.

Oʻtloq larning jahondagi umumiy mayd. taxm. 150—200 mln. ga. Oʻtloq li katta maydonlar Shim. yarim sharning moʻtadil mintaqasi (asosan, Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari)da, shuningdek, Yangi Zelandiyada joylashgan. Oʻtloq lardan tobora koʻproq foydalanilmoqda: ekma Oʻtloqlar maydoni kengaytirilmoqda (oʻgʻitlar solinib, sugʻurilmoqda), bir oʻrimli Oʻ. lar ikki va koʻp oʻrimli Oʻ. larga va madaniy yayyaovlarga aylantirilmoqda.

Halima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x