OʻTEMUROTOV

OʻTEMUROTOV Shomurot (1929.1.6, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1955). 1955-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida aktyor. Oʻ., asosan, komik rollar ustasi sifatida tanilgan. Sattor (J. Oymurzayev, «Ravshan»), Xon (Sh. Husayinov, «Aldarkoʻsa»), Elbrus (G. Xugayev, K. Pliyev, «Xotinimning eri»), Sudya (G. Gorin, «Oti oʻchsin»), Doshum (S. Xoʻjaniyozov, «Suymaganga suykanma») kabi obrazlarda aktyor mahorati namoyon boʻldi. Oʻtkir xarakterli hamda samimiy kulgi uygʻotuvchi rollar bilan bir qatorda chuqur dramatik obrazlari («Kelin»da Darimbet, «Yaralangan yuraklar»da Sapar ota va boshqalar) bilan ham tanildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x