Oʻta topqirona chora

Erkin aka yetmish toʻqqiz yoshga toʻlganida, oilasidagilarni dasturxonga urintirib qoʻymaslik uchun Iqbol Mirzo, Ahror Ahmedov, Azizbek Anvar birgalashib, ertalabroqda tabriklashga borsak, kennoyimiz bilan bozor qilishga chiqib ketishgan ekan. Kamtarona tuhfalarimizni nevarasi Iftixorga topshirib, ortga qaytdik.

Ustoz peshindan keyin menga sim qoqib, odamni juda xijolatga qoʻydilaring-ku, oldindan qoʻngʻiroq qilganlaringda, biron-bir vaqtni belgilab olardik, deb dakki berdi. Kechirim soʻrab boʻlganimdan soʻng, tashlab kelgan sovgʻamning narxini oshirib, toʻnning ichida Oltiariqning eng qoʻligul chevari tikkan oʻta toza doʻppi ham bor, uni faqat katta tantanalarda kiying, deb dabdabavozlik qildim.

– Doʻppini allaqachon kiyib koʻrdim, rostdanam juda chiroyli tikilgan ekan, – degan tovush keldi eshitqidan. – Faqat, boshimga sal kattalik qilib, old tomondagi burchagi ochilib qolyapti. Oʻsha joyiga kesak qistirib olsammikin deb turibman.

Eshitqidan taralgan yoqimli kulgi mening ham zavqimni joʻshtirdi.

 

Anvar OBIDJON

 

“Yoshlik”, 2017 yil 10-son

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/ota-topqirona-chora/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x