OʻTA GIGANTLAR — geometrik oʻlchamlariga koʻra juda ulkan yulduzlar. Umuman yulduzlar oʻzlarining geometrik oʻlchamlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Agar yulduzlar massalari jihatidan Quyosh massasining 0,1 dan 50 massasigacha boʻlsa, ulardan koʻpchiligining diametri bir necha yuz ming, hatto millionlab km ga yetadi (Quyoshning diametri 1 392 000 km). Quyoshga nisbatan oʻlchamlari bir necha marta katta yulduzlar (Kanopus, Arktur, Antares) gigant yulduzlar boʻlsa, juda kam uchraydigan baʼzi Oʻta gigantlar (Betelgeyze) Quyoshning oʻrnida boʻlganida, Mars hatto Yupiter sayyoralari orbitasi ham shunday yulduzlar ichida boʻlardi. Oʻta gigantlar yulduzlarning modda zichligi Yer atmosferasi zichligidan ham kam boʻlishi mumkin. Oʻrtacha yulduz — Quyoshning zichligi suv zichligidan 1,4-marta ortiq. Yulduzlarning ichida zichligi nihoyatda kattalari neytron yulduzlar hisoblanadi. Yulduzlar oʻzlarining uzoq umrlari davomida oʻz tralarini va oʻlchamlarini oʻzgartirmaydilar. Lekin, markazlaridagi hamma vodorod geliyga aylangach, tez kattalashib boradi. Yulduz sirtidagi t-ra kamayib, nurlanish energiyasi bir necha marta ortadi va, nihoyat, u qizil gigantga aylanadi. Bular markazidagi t-ra 100 mln. gradusgacha koʻtariladi va yulduz yadrosida geliyning uglerodga aylanish reaksiyasi sodir boʻladi. Qizil gigant, oʻzining rivojlanish davrida maʼlum vaqtni oʻtgach, juda kattalashib ketgan oʻz qobigʻini ajratib tashlaydi va planetar tumanlik hosil boʻlib, uning markazidagi yulduz tobora kichiklashib sekin sovib borayotgan ok mitti yulduzga aylanadi. Bu hodisalar Oʻta gigantlarning yulduzlar evolyutsiyasi nazariyasini yaratishda muhim obyektlar boʻlishidan dalolat beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые