Oʻrxun-Enasoy obidalari

Mazkur obidalarning topilishi Oʻrxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bogʻliq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Moʻgʻulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Volgaboʻyi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan boʻlsa-da, tarixda bu nom muqim oʻrnashib qoldi.

Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, Oʻrxun, Selenga va Toʻli daryolari atrofidan Shimoliy Moʻgʻulistondan toshga bitilgan obidalar shaklida topildi.

Oʻrxun-Enasoy obidalari “toshbitiklari” deb ham yuritiladi. Buning sababi koʻpgina yodgorliklarning qabr toshlariga oʻyib yozilganidir. Ularning eng yiriklari “Toʻnyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorliklaridir.

Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar: Oʻrxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), shuningdek, Moʻgʻuliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stokgolm), Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqalar.

“Toʻnyuquq” bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Moʻgʻulistonda turmush oʻrtogʻi Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida boʻlgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.

 

Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/orxun-enasoy-obidalari-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x