OʻRMON BOGʻI

OʻRMON BOGʻI (parki) — shaharlar, sanoat markazlari, sanoat shaharchalarining yashil zonalarida obodonlashtirilgan oʻrmon massivi. Yirik shaharlar, mamlakatlar poytaxtlari atroflarida Oʻrmon bogʻilar tizimi oʻrmonlardan iborat ihota halqalarini hosil qiladi. Oʻrmon bogʻi manzarali joylarda barpo etiladi, hududni obodonlashtiradi, landshaftni boyitadi, aholining dam olishiga xizmat qiladi. Oʻrmon bogʻi bir necha yuzdan 2—3 ming ga va undan ortiq maydonni egallashi mumkin. Oʻrmon bogʻi barpo etishda tabiiy landshaftni saqlab qolishga, koʻp yil yashaydigan, tabiiyiqlim sharoitiga yaxshi moslashgan, manzarali va noyob daraxtbutalar ekishga alohida eʼtibor beriladi. Toshkent shahri yaqinidagi Dendropark, Kattaqoʻrgʻon suv ombori atroflarida barpo etilgan pistazorlar, Andijon shahridagi Bogʻishamol bogʻi Oʻrmon bogʻi namunalari hisoblanadi.

Ayrim oʻrmonchilik xoʻjaliklarida togʻli hududlardagi oʻrmon massivlarida yovvoyi mevali daraxtlarga qalamcha yoki kurtak payvand usulida qimmatli madaniy meva navlari (olma, nok, gilos, olxoʻri va boshqalar) ulanib hosil qilingan bogʻlar ham Oʻrmon bogʻi deyiladi. Bunday bogʻlar Chirchiq oʻrmon xoʻjaligida tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x