Erkin aka maktab yoshiga yetib-yetmagan paytlar ekan. Bir kuni uch-toʻrt tengdoshini boshlab, Oltiariq mashina-traktor stansiyasi (MTS) direktori lavozimidagi dadasining ishxonasiga boribdi. Yuqori tashkilotdan kelgan bir rus kishi bilan gaplashib turgan dadasi, oʻgʻliga boshdan-oyoq qarab olib, sherigining koʻngli uchun boʻlsa kerak, ruschalab: “Pochemu bosikom?” (Nega yalangoyoqsan?) deb jerkib beribdi.
Bu voqeani eslab turib, Erkin aka kula-kula shunday degandi:
– Oʻshanda biz bu gapni oʻrischa soʻkinish boʻlsa kerak deb oʻylabmiz. Birorta bola jigʻimizga tegsa, “He, pachemu basikoʻm!” deb, oʻzimizcha ayovsiz haqoratlagan boʻlardik.
Anvar OBIDJON
“Yoshlik”, 2017 yil 10-son
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/orischa-sokinish/