OʻRDAK

OʻRDAK, xonaki oʻrdak — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub parranda. Mil. dan ming yil oldin xonakilashtirilgan. Yovvoyi oʻrdak — kryakvadan kelib chiqqan. Oʻrdak deyarli barcha mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy (562 mln. bosh), Indoneziya (28 mln. bosh), Vyetnam (50 mln. bosh)da koʻp urchitiladi. Jahonda jami 830 mln. bosh Oʻrdak boqiladi (1999). Oʻrdakning tana tuzilishi qayiqsimon, koʻkragi keng, boʻyni va boshi uzun, oyoq barmoqlari suzuvchi parda bilan qoʻshilgan. Tumshugʻi sargʻishqizil yoki toʻq sariq, bir oz qayrilgan. Patlarining rangi oqish, sargʻimtir, kulrang, qora va boshqalar Erkagining dumida bir nechta yuqoriga qayrilgan patlari bor. 24—28 haftaligida jinsiy yetiladi. Toʻdada 5—6 makiyonga bitta erkak Oʻrdak qoldiriladi. Bir mavsumda (5—6 oy) 90—130 ta tuxum qiladi (sunʼiy tullatib yiliga 250 tadan tuxum olish mumkin). Tuxumi vazni 85—90 g. Tuxumidan tuxum poroshogi, melanj tayyorlashda va konditer sanoatida foydalaniladi. Tuxumdan joʻja ochib chiqish (inkubatsiya) muddati 27—28 kun. Voyaga yetgan erkak Oʻrdak vazni 3—4, makiyoni 2,5—3 kg. Beradigan mahsulotiga qarab Oʻrdak goʻsht, goʻshttuxum yoki tuxumgoʻsht, serpusht (sertuxum) zotlarga ajratiladi. Oʻrdak, asosan goʻsht uchun yetishtiriladi. Goʻshti mayin, mazali, parhez mahsulot. Xoʻjaliklarda zotli Oʻrdakning asosiy qismini p ye k i n Oʻ. lari tashkil etadi. Kichik fermer xoʻjaliklari va xususiy xoʻjaliklarda oq moskva, ukraina oq va kulrang Oʻrdaki hamda xakikempbell va boshqalar zotlari boqiladi. Oʻrdak goʻshti, asosan, ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarda intensiv texnologiya asosida yetishtiriladi. Sanoat usulida yetishtirishda Oʻrdaklar goʻsht uchun maxsus kataklarda boqiladi.

Oʻrdak joʻjalari goʻsht uchun (7—8 oy) har bir bosh parrandaga 8,8—9,1 kg toʻla qimmatli quruq aralash yem bilan boqiladi. Oʻrdaklar suv havzalarida oʻsadigan oʻtlar, mayda jonivorlar bilan ham oziqlanadi.

Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, Italiya, Daniya va boshqalar) sanoat parrandachiligida Janubiy Amerikada tarqalgan yovvoyi muskus Oʻ. laridan kelib chiqqan, ogʻirligi 2—5 kg gacha, goʻshti mayin, ilvasin goʻshti taʼmini beradigan, yogʻi kam muskus Oʻrdak (Sashpa tokspaga) koʻproq yetishtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x