Oʻktam Mirzayor (1956)

Oʻktam Mirzayor 1956 yilning 2 yanvarida Samarqand viloyatining Narpay tumanida tugʻildi. Islom shoir nomidagi 26-oʻrta maktabni aʼlo baholarga bitirib, harbiy xizmatni oʻtab qaytdi (1974–1976). Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1974–1982), Hindistondagi Xalqaro ommaviy axborot vositalari institutida (1993–1994) tahsil oldi.

“Oʻzbekiston” nashriyotida korrektor, kichik muharrir, muharrir (1977–1983), “Guliston” jurnalida katta muharrir, boʻlim mudiri, masʼul kotib (1983–1992), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA masʼul kotibi, kotibiyat mudiri, OʻzA muassisligidagi “Respublika” gazetasi bosh muharriri (1992–2001), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Kinochilar uyidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi (2001–2010) vazifalarida xizmat qildi.

2010 yildan “Hurriyat” mustaqil gazetasi bosh muharriri, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

“Ogoh koʻngil” (1992 yil), “Yaxshi kunlar quvonchi” (1998 yil) sheʼrlar, “Tuproq hidi” (2012 yil),”Amakimning kasali” (2015 yil) kabi hikoyalar toʻplamlari nashr etilgan.

Adib davrimizning muhim vazifa, muammollariga bagʻishlangan “Yaratuvchanlik qudrati”, “Tong otmagan tunlar” kabi koʻplab publitsistik asarlar – maqola, ocherklari bilan ham eʼtibor qozonib kelmoqda. Shuningdek, uning adabiy ssenariylari asosida “Oʻzbekiston bayrogʻi” oʻquv filmi, “Qadr” hujjatli filmlari, “Bogʻ”, “Boboylar” kabi radiopastonovkalar yaratilgan.

Oʻktam Mirzayor “Shuhrat” medali (1996), “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi” (2011y.) koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/oktam-mirzayor-1956/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x