OʻZBEKISTON DIZAYNERLAR UYUSHMASI

OʻZBEKISTON DIZAYNERLAR UYUSHMASI — professional dizaynerlarni birlashtirgan ijodiy jamoat tashkiloti. 1988-yilda Toshkent shahrida tuzilgan. Oliy rahbar organi — Syezd; syezdlar oraligʻida har 5 yilda saylanadigan Kengash (rais, rais oʻrinbosari, Kengash aʼzolari) boshqaradi. Uyushmaning asosiy vazifasi: respublikada dizaynerlik faoliyatini rivojlantirish, dizaynni, milliy dizayn yutuklarini aholi orasida va sanoatda (Oʻzbekiston sanoatini tashqi bozorga muvofiqlashtirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) keng targʻib qilish, dizaynerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yordam berish. Uyushma Respublikada koʻrgazmalar («Oʻzbekistonda dizayn», «Dizayn va toʻqimachilik», «Sharq libosi — dizaynerlar ijod manbai» va boshqalar), festivallar («Bolajonlar — shirintoylar», «Moda — 2005» va boshqalar) uyushtiradi; xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Turli sohalarda xizmat qiluvchi uyushma aʼzolari interyer (M. Fozilov), sanoat grafikasi A(. Yeroshevskaya, Ye. Gurov, I. Dmitriyeva va boshqalar), libos (X. H. Komilova, A. Ashurboyev, A. Allaberganova va boshqalar), meʼmorlik (D. Nozilov), zargarlik (E. Gostev) va boshqalar sohalar dizayni boʻyicha samarali ijod qilmoqda. 1991-yildan rais — X. H. Komilova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x