OʻZBEK TILI

OʻZBEK TILI — turkiy tillarning qorluq guruhiga mansub tillardan; yangi uygʻur tili bilan birgalikda qorluqxorazm guruhchasini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili (1989 yil 21-oktyabr dagi «Davlat tili haqida»gi qonunga muvofik, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan). Asosan, Oʻzbekistonda, shuningdek, Afgʻoniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, RF, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, AQSH, Germaniya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. Oʻzbek tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishidan ortiqroq (Oʻzbekistonning oʻzida 18 mln. dan, Tojikistonda 1,2 mln. dan ziyodroq, Afgʻonistonda esa, turli manbalarga koʻra, 2,5 mln. dan 4 mln. gacha, Qirgʻiziston va Saudiya Arabistonining har birida 550—600 mingdan ortiq, Qozogʻiston va Turkmanistonning har birida 320—330 mingdan ortiq) kishini tashkil etadi (2000).

Oʻzbek tili qipchoq, oʻgʻuz, qorluqchigiluygur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja guruhi bor. Bular:

1) qorluqchigiluygʻur lahjasi;

2) qipchoq lahjasi;

3) oʻgʻuz lahjasi. Bu lahja guruhlari tarkibidagi koʻplab shevalar oʻzaro fonetik, leksik va qisman morfologik jihatdan oʻzaro farqtansada, ularning barchasi ham milliy Oʻzbek tilining, adabiy Oʻzbek tilining shakllanishida u yoki bu darajada ishtirok etgan. Oʻzbek tilining lahjalari orasida, odatda, qorluqchigil lahjasi hamda uning tarkibiga kiruvchi shevalar (Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Qoʻqon, Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgon, Buxoro, Qarshi, Oʻsh, Margʻilon. Jalolobod va boshqalar shaharlarning shevalary) oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari deb hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tilining meʼyorlarini belgilashda Toshkent shevasi fonetik jihatdan. Fargʻona, Andijon shevalari esa morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan.

Oʻzbek tilining asosiy fonetik belgilari: tayanch shevalarda, shuningdek, boshqa turkiy tillarda 8—9 unli boʻlgani holda, adabiy Oʻzbek tilida 6 unlining mavjudligi; ayrim shevalarga, boshqa bir qancha turkiy tillarga xos boʻlgan lab va tanglay ohangdoshligi (singarmonizm)ning adabiy Oʻzbek tilida yoʻqligi, urgʻuning, asosan, soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushishi va boshqalar Morfologik belgilari: otlarning kelishik (6 ta kelishik mavjud), egalik, son (birlik va koʻplik) kategoriyalariga egaligi va shular boʻyicha oʻzgarishi, jins kategoriyasining yoʻkligi; singarmonizm yoʻqligi tufayli soʻz va shakl yasovchi qoʻshimchalarning bir variantligi; sifatlarda daraja kategoriyasining (ozaytirma va kuchaytirma shakllarning) mavjudligi; olmosh va son turqumlarida soʻz yasalishining yoʻqligi; koʻplab ravishlarning oʻziga xos qoʻshimchalar bilan hosil boʻlishi; feʼllarda mayl, nisbat, shaxsson, zamon kategoriyalarining mavjudligi (q. Fel) vab. Sintaktik belgilari: soʻzlar teng va tobe alrqada boʻlib, tobe aloqaning 3 turi (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) mavjud; soʻz tartibida aniqlovchi aniqlanmishdan, toʻldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi. U. t. soʻz yasalishida affiksatsiya ustunlik qiladi. Leksik tarkibi oʻz va oʻzlashgan qatlamdan iborat: oʻz qatlam umumturkiy va sof oʻzbekcha soʻzlardan tashkil topgan boʻlsa, oʻzlashma qatlamda koʻplab arabcha, forscha, tojikcha, moʻgʻulcha, ruscha va rus tili orqali kirgan baynalmilal soʻzlar bor. Terminologiya, asosan, baynalmilal leksika hisobiga boyib bormoqda. Oʻzbek tiliga soʻz oʻzlashtirish majburiylik asosida emas, tillar rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga mos holda amalga oshmoqda.

Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan urxunenisey tosh bitiklari, Oʻrta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari boʻlgan «Devonu lugʻotit turk», «Qutadgʻu bilig» kabi oʻlmas asarlar oʻzbek xalqi tilining ham dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.

Eski oʻzbek adabiy tilining shakllanishi 14-asr oxirlari va 15-asrga toʻgʻri keladi. Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ham ilmiy, ham amaliy xizmatlari, adabiy ijodi muhim oʻrin tutadi. Uzbek adabiy tili Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida davom etdi, sayqal topdi. Hoz. oʻzbek adabiy tili, eski oʻzbek adabiy tilining davomchisi sifatida 20-asrning 1-choragida qarluqchigil lahjasining Toshkent va Fargʻona shevalari bazasida shakllanadi. Shoʻro davrida olib borilgan notoʻgʻri til siyosati va turli tazyiqlar oqibatida Oʻzbek tilining turli sohalardagi vazifalari nihoyatda cheklanib qoladi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan keyin, ayniqsa, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻzbek tili shakllanishining yangi davri boshlandi: Oʻ. t. xoʻjalik hayotining barcha sohalarida toʻliq amal qiladigan polifunksional til sifatida rivojlanmoqda.

Oʻzbeklarning ajdodlari, barcha turkiy xalqlar qatori, 5—8-asrlarda urxunenisey yozuvidan va boshqalar qadimiy yozuvlardan foydalanganlar. 11-asrdan 1929-yilgacha arab grafikasi asosidagi, 1929—40 yillarda lotin grafikasi asosidagi (q. Eski oʻzbek yozuvi, Oʻzbek lotin alifbosi) yozuvdan foydalanilgan. 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1993-yil 2-sentyabr da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun 1995-yil 6-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli oʻzgartishlar bilan qayta qabul qilindi va «Davlat tili haqida»gi qonun bilan bir qatorda, uning davomi sifatida bosqichmabosqich amalga oshirilmoqda.

Oʻzbek tilini ilmiyqiyosiy oʻrganish asosan Alisher Navoiyning «Muhokamat ullugʻatayn» asaridan boshlangan. Hoz. Oʻzbek tilini atroflicha, chuqur oʻrganishga esa 20-asrning 20-y. laridan kirishilgan. Bu sohadagi dastlabki tadqiqotlarni Fitrat, Elbek, Ashurali Zohiriy, Ye. D. Polivanov, Gʻozi Olim Yunusov va K. K. Yudaxinlar boshlab berishgan boʻlsa, 30—70-y. larda S. Ibrohimov, O. Usmonov, A. Gʻulomov, A. K. Borovkov, V. V. Reshetov, U. Tursunov, 3. Maʼrufov, I. Qoʻchqortoyev, A. N. Kononov, F. Abdullayev, Faxri Kamol, Sh. Shukurov, I. Rasulov oʻzbek tilshunosligi rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Hoz. kunda oʻzbek tilshunosligini rivojlantirish, Oʻzbek tilini yangicha metodlar asosida har tomonlama oʻrganish oʻtgan asrning 50-y. laridan boshlab fanga kirib kelgan Sh. Shoabdurahmonov, Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Hojiyev, A. Rustamov, A. M. Shcherbak, E. Fozilov, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, M. Sodiqova, E. Begmatov, Q. Mahmudov, A. Nurmonov, H. Neʼmatov va boshqalar tilshunoslar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar mamlakatlarda ham Oʻzbek tilini oʻrganishga katta eʼtibor berilmoqda.

Ad.: Polivanov Ye. D., Vvedeniye v izucheniye uzbekskogo yazmka, ch. 1, T., 1925; Hozirgi zamon oʻzbek tili [Leksikologiya. Fonetika. Morfologiya], T., 1957; Kononov A. N., Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazmka, M. —L., 1960; GDerbak A. M., Grammatika starouzbekskogo yazmka, M. —L., 1962; Gʻulomov A., Asqarova M., Hozirgi oʻzbek adabiy tili [Sintaksis], T., 1965; Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969; Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; Oʻzbek tili grammatikasi, 2j. li [1j. — Morfologiya, 2j. — Sintaksis], T., 1975—76; Reshetov V. V., Shoabdurahmonov Sh., Oʻzbek dialektologiyasi, T., 1978,Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism,T., 1980; Tursunov U., Oʻrinboyev B., Oʻzbek adabiy tili tarixi, T., 1982; KaptagiPauyeu 5., No^uyeu A., 0ʻgek 1Shpt§ ip1o 1i§ʻaI, T., 1995; Nurmonov A., Oʻzbektilshunosligi tarixi, T., 2002.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x